8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik


Opsion yoki mukofotga ko`ra savdo-sotiq


Download 454.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana05.01.2022
Hajmi454.88 Kb.
#215319
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
d9aaa19c46529f379695ad190f055033

Opsion yoki mukofotga ko`ra savdo-sotiq - bu Fyuchersning bir turi bo`lib, 

unga  ko`ra  bir  tomon  komission  to`lov  asosida  biror  tovarni  kelajakda  sotib  olish 

yoki  sotish  huquqini  oldindan  kelishilgan  narxda  sotib  oladi.  Shuni  aytish  kerakki, 

Fyuchers ham, opsion ham tovarlar narxini vaqt bo`yicha tekislashga yordam beradi. 



b) 

а) 

S

1

 

P 

D 

E

1

 

P

1

 

Q 

Q

1

 

S

1

 

P 

D 

E

1

 

P

1

 

Q 

Q

1

 

Q

2

 

E

2

 

S

2

 

P

2

 

P

2

 

Q

2

 

S

2

 

E

2

 


Xedjirlashtirish  -  bu  operatsiya  bo`lib,  unga  ko`ra  fyucherslar  bozori  va 

opsionlar  bozori  yordamida  bir  tavakkalchilik  boshqa  bir  tavakkalchilik  bilan 

qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o`zgarishi bilan 

bog`liq tavakkalchilik (yo`qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi. 

Shunday  qilib,  savdogarchilikning  ahamiyati  shundaki,  ular  axborotlarni 

axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo`lganlarga etkazadilar. 



 

Qisqa xulosalar 

 

Kelajakka  taalluqli  har  qanday  harakat  noaniq  natijaga  ega.  Noaniqlik 



sharoitida  iste'molchilar  tomonidan  ham,  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  ham 

sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan 

qarorlar  albatta,  ma'lum  darajadagi  risklar  (tavakkalchilik)  bilan  bog`liq  bo`lishi 

mumkin.  Noaniqlik  cheklangan  resurslarni  samarasiz  taqsimlanishiga,  ortiqcha 

sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi. 

Tadbirkorlikka  yoki  daromad  olish  uchun  tikilgan  kapitalning  qiymati 

kelgusida  undan  olinadigan  daromad  qiymatiga  bog`liq  ekan,  demak  u  noaniqlik  va 

risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan. 

Risk  (tavakkalchilik)  –  bu  har  qanday  usul  bilan  baholangan  ehtimollik, 

noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat. 

Noaniqlik  sharoitida  qaror  qabul  qilish  deganda,  to`liq  axborot  bo`lmaganda 

qaror  qabul  qilish  tushuniladi.  Biror  voqea  yoki  hodisa  to`g`risida  axborot  to`liq 

bo`lmasa,  qabul  qilingan  qaror  salbiy  oqibatlarga,  ya′ni  ma′lum  yo`qotishlarga  olib 

keladi. Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.  

Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol 

ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va 

statistik ehtimol. 

Kutiladigan  miqdor  -  bu  mumkin  bo`lgan  barcha  natijalarning  o`rtacha 

o`lchangan  qiymatlari.  Chetlanish  -  bu  haqiqiy  natija  bilan  kutiladigan  natija 

o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi. 

Insonlar  tavakkalchilikga  borishga  tayyorligi  bo`yicha  uch  turga  bo`linadi: 

tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va 

tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. 

Tavakkalchilikni  pasaytirishning  quyidagi  turlari  mavjud:  diversifikatsiya, 

sug`urtalash,  tavakkalchilikni  birlashtirish,  tavakkalchilikni  taqsimlash,  axborot 

izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar. 

Bozorda  sotiladigan  tovar  to`g`risida,  tovarni  ishlab  chiqaruvchi  firmaning 

nomi  to`g`risidagi  axborotlar,  tovar  markasi,  firma  belgisi,  firmaning  obro`i,  tovar 

sifati  va  kafolati  to`g`risidagi  axborotlar  bozor  signallari  bo`lib  xizmat  qiladi  va  bu 



signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.  

Download 454.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling