bog`liq bo`lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub′ektlar o`rtasida shunday
taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub′ektning kutiladigan yo`qotishi nisbatan kichik
bo`ladi.
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta
masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo`rqmasdan
moliyalashtiradilar.
Axborot bilan ta′minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun
deganda, axborotning yetishmasligi noto`g`ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi
vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo`lib, uni olish uchun haq to`lash
kerak, ya′ni axborot olish xarajat bilan bog`liq, ba′zi axborotlar nihoyatda qimmat
turadi. Shuning uchun ham kerakli bo`lgan axborotdan qancha olish kerak deganda,
uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko`rish kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: