8.2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik
Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi
insonlarga o`z taqdirini sinab ko`rishdan bahramand bo`lish uchun barqaror
daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho
berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur′atda ortib borayotgan
parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm).
8.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik
Hayotda va umuman barcha bozor sub′ektlari tavakkalchilikni e′tiborga oladi.
Ko`chalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar
hisobidan boylik orttirsa, sug`urta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil bo`lmagan
insonlarni yo`qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: