8-mavzu: davlat maqsadli jamg’armalari reja: Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari


Download 119.79 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi119.79 Kb.
#1540314
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
davlat maqsadli jamg’armalari

Byudjetdan tashqari fondlar
Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funktsiyasi.
Majburiy ajratmalar va davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar xarajatlari orqali byudjet iqtisodiyotni tartibga solish, investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi va muhim quroli bo‘lib xizmat qiladi. Bunda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ilg‘or tarmoqlari qo‘llab- quvvatlanadi. Samaradorligi yuqori bo‘lgan va o‘zini tez qoplovchi loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash ham muhimdir.
Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ijtimoiy funktsiyasi.
Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar katta o‘rin egallaydi. Davlatning ijtimoiy kafolatlari doirasidagi xizmatlarni ko‘rsatadigan ijtimoiy ta‘minot va aholini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash sohalarini mablag‘ bilan ta‘minlash, aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish - ijtimoiy siyosatning ustuvorliklari hisoblanadi. Jamiyat a‘zolarining imkoniyatlarini rivojlantirish taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, bu yo‘nalishdagi davlat tadbirlarini mablag‘ bilan ta‘minlashda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ijtimoiy funktsiyasi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning nazorat funktsiyasi.
Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlarining shakllanishi, ular mablag‘larining oqilona va maqsadga muvofiq ishlatilishi, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘ oluvchilarning moliya- xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan moliya qonunchiligiga rioya qilish holati, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning taqsimlanish va qayta taqsimlanish nisbatlari nazorat qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi va ishlatilishi ustidan nazoratning zarurligi va ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Davlatning xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va aholi o‘rtasida sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlari byudjet munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlarning moliyaviy munosabatlar tizimining bir qismi sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, bu munosabatlar ko‘pqirrali taqsimlash jarayonida sodir bo‘ladi va bu jarayonning ishtirokchisi bo‘lib davlat (tegishli hokimiyat organlari timsolida) qatnashadi. Ikkinchidan, bu munosabatlar umumdavlat ehtiyojlarini
qondirishga mo‘ljallangan markazlashgan pul mablag‘lari fondining shakllanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq.
Byudjet munosabatlari juda xilma-xildir, chunki ular ko‘p pog‘onali va
kengqamrovli taqsimlash jarayonining turli yo‘nalishlarida (iqtisodiyot sektorlari, ijtimoiy faoliyat sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida) sodir bo‘ladi. Bu munosabatlar ob‘ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ihtiyorida:
  • kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun;
  • mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun;
  • mudofaa vazifalarini xal etish uchun;

  • davlat boshqaruvining umumiy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan milliy daromadning bir qismi to‘planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda,

davlatning o‘z funktsiyalarini bajarishi uchun ma‘lum darajada moddiy va moliyaviy bazaning zarurligi bu munosabatlarining ob‘ektiv zarur va mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini aks ettiruvchi davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning hajmi qator omillarga bog‘liq:
  • iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;
  • davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;
  • korxona, tashkilot va muassasalardagi xo‘jalik yuritish usullariga;
  • jamiyat tomonidan hal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xarakteriga,iqtisodiyotda va ijtimoiy soha-tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning ko‘lamiga va boshqalar.

  • Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining turlari
    Jahon tajribasida davlat maqsadli fondlarining juda ko‘p turlari mavjud va bu ularni ikki katta guruhga ajratish mumkin:
  • ijtimoiy yo‘naltirilgan fondlari (pensiya fondlari, majburiy tibbiy sug‘urta

  • fondlari, davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug‘urta fondlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash umummilliy fondlari);
  • iqtisodiy yo‘naltirilgan fondlari (o‘z yo‘nalishi va manbalariga ega).

  • Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta‘minlashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy fondlari jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta‘siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
    Davlat maqsadli fondlarining mablag‘laridan foydalanish fondlarining maqsadi, aniq iqtisodiy sharoitlar va ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan dasturlardan
    kelib chiqiladi.Mablag‘larning ma‘lum bir qismi ta‘sischilik faoliyatiga hamda qimmatli qog‘ozlarga quyiladi. Davlat maqsadli fondlari investor sifatida hamda moliya bozori ishtirokchisi sifatida ishtirok etishi mumkin.
    Davlat maqsadli fondlari maqsadli fondlari maqsadli ishlatilishga yo‘naltirilgan.
    Odatda ularning nomida mablag‘larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Davlat maqsadlifondlarini shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta‘sir etadi.
    Byudjetdan tashqari fondlar haqida gap ketganda, shuni ta‘kidlash lozimki, bu fondlar har doim ham davlatga tegishli bo‘lmaydi, jamiyatning taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy ehtiyojlarni kengayishi jamiyat a‘zolarining turli xil, kengayib borayotgan qiziqishlarini qondirishga maqsad qilib quyilgan nodavlat
    byudjetdan tashqari fondlarning rivojlanishiga to‘rtki bo‘ldi. Maqsadli jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin:
    Tashkiliy usuliga ko‘ra:
  • maqsadli jamg‘armalarni tashkil qilish uchun mahsus ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan;
  • o‘z mablag‘lari hisobidan. Shakllanish usuliga ko‘ra:
  • maxsus o‘rnatilgan soliqlar va majburiy ajratmalar hisobiga;
  • davlat byudjetidan assignatsiyalar;
  • maxsus yoki ixtiyoriy zaymlarnichiqarish;
  • qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va joylashtirilishi orqali. Amal qilish muddatiga ko‘ra:
  • doimiy, doimiy va uzoq muddatda faoliyat yurituvchi;
  • vaqtinchalik, jamiyat rivojlanishining ma‘lum bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yoki ekologik vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan.

  • Tegishlilik huquqi va mulkiy tegishliligiga ko‘ra:
  • davlat;
  • davlatlararo;
  • xalqaro.

  • Maqsad va vazifalariga ko‘ra:
  • ijtimoiy;
  • sug‘urta;
  • iqtisodiy;
  • kredit;
  • ilmiy-tadqiqot;
  • investitsion;
  • ekologik;
  • siyosiy va boshqalar. Markazlashish darajasiga ko‘ra:
  • markazlashgan;
  • markazlashmagan.

  • Mablag‘lar ishlatilishining maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudjetdan tashqari fondlar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa fondlarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi fondlar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu fondlarni shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi.


Download 119.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling