8-mavzu: davlat maqsadli jamg’armalari reja: Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari
Davlat maqsadli jamga’rmalarining turlari va tashkiliy-huquqiy
Download 119.79 Kb.
|
davlat maqsadli jamg’armalari
2. Davlat maqsadli jamga’rmalarining turlari va tashkiliy-huquqiy
asoslari Mamlakatimizda 2013 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi qabul qilindi. Budjet kodeksi qabul qilingunga qadar Davlat budjetini tayyorlash, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish, shuningdek uning ijrosi ustidan nazorat va hisobot, budjetlararo munosabatlar jarayonlari bir nechta qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan bo‘lib, bu ayrim normalarning turlicha talqin qilinishiga va ularni amalga tadbiq etishda qiyinchiliklarga olib kelardi. Budjet kodeksining asosiy maqsadi budjet jarayonini tartibga soluvchi, amaliyotdagi mavjud ziddiyatlarni va eskirgan normalarni bartaraf etuvchi yagona qonunchilik hujjatini ishlab chiqish, shuningdek amaliyotda ishlab turgan normalarni, qoidalarni va budjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirishdan iboratdir. Budjet kodeksi, budjet sohasidagi asosiy qonunchilik hujjati sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Budjet tizimi to‘g‘risida"gi va 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan "Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida"gi ikkita asosiy qonunlarining prinsiplarini, normalarini va qoidalarini qamrab oldi va ularni muvofiqlashtirdi. Ushbu ikkita qonun Budjet kodeksini ishlab chiqish va budjet qonunchiligini yanada takomillashtirishga asos bo‘lib xizmat qildi, deyish mumkin. Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining barchasi ishtirok etadi, chunki ulardan har biri moliya bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga, ular moliyaviy faoliyatining xususiyati va mazmuni bir- biridan katta farq qilib, bu ushbu organlarning vazifalari va huquqiy holatidagi farqlar bilan belgilanadi. Bularni hisobga olgan holda, davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning bir necha guruhlarini ajratish mumkin. Birinchi guruh – davlat vakillik organlari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Xalq deputatlari kengashlari) hamda umumiy vakolatli hokimiyat ijroiya organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va hokimiyatlar)dan iborat bo‘lib, ular o‘zlarining tegishli hududiy ko‘lamdagi – davlat yoki ayrim ma‘muriy-hududiy birlikdagi boshqa funksiyalari bilan birga, moliyaviy faoliyatni ham amalga oshiradilar. Ushbu organlarning moliyaviy faoliyat sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ularning huquqiy maqomini belgilaydigan me‘yoriy hujjatlar (―O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida‖24, ―Joylardagi davlat hokimiyati to‘g‘risida‖25, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida‖)da mustahkamlab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat budjetini qabul qiladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilaydi (Konstitutsiyaning 78-moddasi), moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimi, shuningdek budjet tuzilishining asoslarini belgilab beradi (Konstitutsiyaning 122-124- moddalari). U davlat moliyaviy faoliyatining muhim masalalariga doir qonunlarni ham qabul qiladi (masalan, budjet tizimi to‘g‘risida, soliqlar to‘g‘risida, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, valutani tartibga solish to‘g‘risida va h.k.). Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar ijrosini amalga oshiruvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 25-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari belgilangan. Unga ko‘ra davlat budjetining ishlab chiqilishi va uning ijro etilishini tashkil etadi, davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosini taxminlash, davlat pul va kredit siyosatini mustahkamlash bo‘yicha chora- tadbirlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanishga oid masalalarni hal etadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat budjetiningi jrosi bo‘yicha boshqa davlat boshqaruv organlarining ish faoliyatini nazorat qiladi. Bizga ma‘lumki, moliya organlari tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 29- moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari:
loyihalarini tayyorlaydi; nazoratni amalga oshiradi; Davlat maqsadli jamg‘armalarining me‘yoriy-huquqiy hujjatlari moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan bir tomonlama hukmronlik tartibida, o‘z vakolatlari doirasida me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga rioya etilgan holda qabul qilingan va yuridik oqibatlarni yuzaga keltiradigan rasmiy qarorlardan iboratdir. Barcha moliyaviy-huquqiy hujjatlar bir necha belgilariga qarab tasniflanadi: birinchi navbatda, ular yuridik xususiyatlari bo‘yicha ajratiladi. Ushbu belgi bo‘yicha normativ va individual moliyaviy-huquqiy hujjatlar farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi me‘yoriy-moliyaviy huquqiy hujjatiga asosan soliq organlari yer solig‘ini to‘lovchi (jismoniy shaxs) larga ushbu majburiy to‘lovni to‘lash to‘g‘risida to‘lov xabarnomasini jo‘natadilar. Ushbu soliqning me‘yoriy hujjatda belgilangan muddatlarda amalda to‘lanishi to‘lov xabarnomasi, ya‘ni individual moliyaviy hujjat harakati va unga muvofiq ravishda aniq moliyaviy huquqiy munosabatning tugallanishiga olib keladi. Davlatning maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini boshqarish shundan iboratki, G‘aznachilik yagona g‘azna hisobraqamidagi va G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlatning maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini, davlatning maqsadli jamg‘armalari xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi, shuningdek, davlatning maqsadli jamg‘armalari bo‘sh mablag‘larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtiradi hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qorag‘alpog‘iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga budjet ssudalari berish yo‘li bilan boshqarib boriladi. G‘aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o‘tkazish yagona g‘azna hisobraqamidan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag‘lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o‘tkaziladi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining g‘azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. G‘aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini taqsimlovchi organlar, davlat budjeti daromadlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek, budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari davlat maqsadli jamg‘armalarining g‘azna ijrosi sohasidagi ma‘lumotlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadi. Bu organlar, yuridik shaxslar va budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari G‘aznachilikka taqdim etiladigan ma‘lumotlarning to‘g‘riligi va asosliligi uchun javobgar bo‘ladilar.Yagona g‘azna hisobraqami belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida G‘aznachilik tomonidan ochiladi. G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida va tijorat banklarida bank hisobraqamini ochish huquqiga ega, so‘zsiz ravishda G‘aznachilikning yagona g‘azna hisobraqamidan mablag‘larni hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat maqsadli jamg‘armalari soha bo‘yicha tashkil etilganligini hisobga olib, ularda shakllanadigan mablag‘lar, jamg‘armalarga ayni xizmat qiladigan soha bo‘yicha kelib tushadigan pul mablag‘lari orqali shakllanadi hamda davlat byudjetidan yo‘naltiriladi: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha ―El-yurt umidi‖ jamg‘armasi: Jamg‗arma xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilangan: a) stipendiatlarni xorijiy ta‘lim va ilmiy muassasalarida o‗qitishni, malakasini oshirishni va stajirovkani o‗tashini tashkil etish, xorijiy mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarimizni respublikada mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb etish bo‗yicha: 2018-yilda — O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta‘lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‗armasidan oliy ta‘lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash uchun ko‗zda tutilgan hajmning 10 foizigacha miqdorida Jamg‗armaning asoslangan hisob-kitoblari bo‗yicha ajratiladigan mablag‗lar; 2019-yildan boshlab — keyinchalik tegishli yildagi iste‘mol narxlarining prognoz indeksiga teng koeffitsiyentni qo‗llagan holda har yili O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan 45 milliard so‗m miqdoridagi mablag‗lar; tegishli yilda Jamg‗armaga ajratiladigan budjet mablag‗lari umumiy summasining 5 foizi miqdorida respublika oliy ta‘lim muassasalarining budjetdan tashqari (oshirilgan shartnoma stavkalari bo‗yicha to‗lov-shartnoma asosida o‗qitishdan tushadigan) mablag‗laridan ajratmalar; jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‗lari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) Jamg‗armaning joriy ta‘minoti, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‗lash va Jamg‗armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‗yicha: 2018-yilda — O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi bilan kelishilgan holda Jamg‗armaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda respublika oliy ta‘lim muassasalarining budjetdan tashqari (to‗lov-shartnoma asosida o‗qitishdan tushadigan) mablag‗laridan ajratmalar; 2019-yildan boshlab — O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‗lari; xo‗jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‗rsatishdan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‗lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Respublika oliy ta‘lim muassasalari ro‗yxati va budjetdan tashqari (oshirilgan shartnoma stavkalari bo‗yicha to‗lov-shartnoma asosida o‗qitishdan tushadigan) mablag‗lardan Jamg‗armaga ajratmalar summasi O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi bilan kelishilgan holda Jamg‗armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma: Respublika jamg‘armasi quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘larining 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda respublika byudjeti va respublika byudjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari; Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar. Hududiy jamg‘armalar quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zaxira jamg‘armalari mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan kam bo‘lmagan miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari; Qoraqalpog‘iston Respublika byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining maxsus g‘azna hisob raqamlariga qo‘shimcha manba sifatida o‘tkaziladigan ―E- IJRO AUKSION‖ elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar; Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar; Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan. Pensiya jamg‘armasi: Jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: a) majburiy to‘lovlar va badallar:
b) boshqa to‘lovlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi: Quyidagilar Bandlik jamg‗armasi mablag‗larini shakllantirish manbalari hisoblanadi: oshiriladigan ajratmalar; hududiy bo‗linmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va xonalarni realizatsiya qilishdan tushadigan, O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi tomonidan to‗liq hajmda Bandlik jamg‗armasiga yo‗naltiriladigan mablag‗lar, bundan baholash va realizatsiya qilishga sarflanadigan amaldagi xarajatlar mustasno; Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamg‗armalariga ta‘sischi tomonidan belgilanadigan miqdorda to‗langandan keyin O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‗ysunuvidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan foydaning bir qismi; moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushgan daromadlar; Bandlik jamg‗armasi mablag‗lari soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi. 5.O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab- quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi: Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan beg‗araz moliyaviy yordam; O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuzilgan litsenziya bitimi doirasida O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuboruvchi tashkilotlarning ellik ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‗larini zaxiralash, bunda zaxiralangan summa sarflab yuborilgan taqdirda mablag‗larni to‗ldirish, shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqi uchun litsenziyaning amal qilishi tugatilgan va bekor qilingan taqdirda, mablag‗larni qaytarish sharti belgilab qo‗yiladi; Jamg‗armaning tijorat banklari depozitlaridagi vaqtincha bo‗sh mablag‗larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‗lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslar, xayriya jamg‗armalari, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasi norezidentlarining ixtiyoriy xayriya mablag‗lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‗arma hisobraqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning tartib-taomillarida yoki xorijiy grantlarni taqdim etish shartlarida boshqa tartib belgilangan hollar bundan mustasno. 6.O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi: Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
tuzilgan litsenziya bitimi doirasida O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuboruvchi tashkilotlarning ellik ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‗larini zaxiralash, bunda zaxiralangan summa sarflab yuborilgan taqdirda mablag‗larni to‗ldirish, shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqi uchun litsenziyaning amal qilishi tugatilgan va bekor qilingan taqdirda, mablag‗larni qaytarish sharti belgilab qo‗yiladi; hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslar, xayriya jamg‗armalari, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasi norezidentlarining ixtiyoriy xayriya mablag‗lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‗arma hisobraqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning tartib-taomillarida yoki xorijiy grantlarni taqdim etish shartlarida boshqa tartib belgilangan hollar bundan mustasno. 7.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agntligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi: Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining TIF TN kodi 07 va 08 bo‘lgan tovar guruhlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishdan tushgan bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvchi uchun yeg‘imlar bundan mustasno) summasining 10 foiziga teng miqdordagi ajratmalar; O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi ―Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil qilish markazi‖ davlat unitar korxonasining ochiq ochiq savdolarida sotilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning boshlang‘ich bahosidan oshgan summaning 50 foizi; Xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlar; Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. Jamg‘arma majburiy ajratmalarini o‘z vaqtida yuborish uchun shaxsiy ma‘suliyat Jamg‘armaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi: O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan har yillik subsidiyalar; alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‗ullanuvchi korxonalar sof tushumining besh foiz miqdoridagi ajratmalari; Agentlik huzuridagi ―Enologiya laboratoriyasi‖ DUK va ―Uzumchilik o‗quv markazi‖ DUKning belgilangan tartibdagi ajratmalari; xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarzlar) va grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Jamg‗armaga majburiy ajratmalarni o‗z vaqtida yuborish uchun shaxsiy mas‘uliyat Jamg‗armaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‗ullanuvchi korxonalar ajratmalarni har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kech bo‗lmagan muddatda amalga oshirishi lozim. Ajratmalar o‗z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‗ullanuvchi korxona har bir kechiktirilgan kun uchun, ajratmalarning kechiktirilgan summasining 0,01 foizi miqdorida penya to‗laydi, penya summasi kechiktirilgan majburiyatlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim. yordamni rivojlantirish jamg‘armasi: Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi - O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan mablag‗larni 29 foizdan 10 foizga kamaytirgan holda, mobil aloqa xizmatlarini ko‗rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‗lanadigan to‗lov summasining 19 foizi;
tushgan daromadlar; Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar; nogironligi bo‗lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Jamg‗arma mablag‗larining shakllanish manbaalari quyidagilar: Keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo‗lgan darsliklarni utilizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, ya‘ni ularni makulatura qabul qilish punktlariga topshirishdan olinadigan daromadlar. 12.Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi: Jamg‗arma mablag‗larining shakllanish manbaalari quyidagilar: Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‗armasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‗armasini keyinchalik tugatish va ularning tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‗m miqdoridagi pul mablag‗lari shaklida ushbu PQ-3225 Qarorning tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‗armaning boshlang‗ich badali; O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‗lari, 2017-yilda Jamg‗arma resurs bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard so‗m; O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‗naltiriladigan qismi; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‗arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari; Jamg‗armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa manbalar. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‗arma resurs bazasini to‗ldirish uchun har yili mablag‗ ajratishni ko‗zda tutiladi.
Jamg‗arma mablag‗larining shakllanish manbaalari quyidagilar: Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‗lashdan tushuvchi mablag‗larning 50 foizi; 2018-yil 1-yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to‗lashdan tushgan mablag‗larning 20 foizi; 2018-yil 1-yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to‗lashdan tushgan mablag‗larning 70 foizi; aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy bo‗ysunishidan qat‘i nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablag‗larning 45 foizi, raqobat to‗g‗risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno; Jamg‗armaning vaqtincha bo‗sh mablag‗larini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari. Jamg‗arma mablag‗larining shakllanish manbaalari quyidagilar: Turistik yig‗imlardan tushgan tushumlar, xalqaro moliya institutlarining, xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari, Jamg‗armaning vaqtincha bo‗sh turgan mablag‗larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar bo‗yicha tushumlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 16. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi: Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi va ―Oila‖ markazining asoslangan hisob- kitoblariga muvofiq har yili 300 mlrd. so‗mgacha bo‗lgan miqdorda ajratiladigan O‗zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‗lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 17.O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi: Jamg‗arma mablag‗larini shakllantirish manbai quyidagilar hisoblanadi:
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‗yicha tushgan penyalar va jarimalar; xo‗jalik jamiyatlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi bo‗yicha tushumlar; O‗zbekiston Respublikasining davlat aktivlarini boshqarish agentligi oldidagi davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning qarzlarini qoplash uchun jamg‗armaga tushgan mablag‗lar; bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar, tanlovlar (tendyerlar) yoki ommaviy oferta g‗oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari; davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini buzilganligi uchun neustoyka summalari; Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish jamg‗armasidan ilgari o‗tkazilgan mablag‗lar qaytarilishidan tushumlar; Jamg‗armaning vaqtincha bo‗sh mablag‗larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaxslarning grant mablag‗lari hamda homiylik xayriyalari; sud aktlari bo‗yicha tushumlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 18.―O‘zbekbaliqsanoat‖ uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi: Jamg‗arma mablag‗lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: tabiiy suv havzalarini baliq ovlash xo‗jaliklariga ijaraga berishdan tushgan mablag‗lar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Yuqoridagi keltirib o‘tilgan barcha jamg‘arma mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi nazorat qiladi. Download 119.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling