“iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanishuv amaliyot h I s o b o t


Download 73.86 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi73.86 Kb.
#1039649
  1   2   3   4
Bog'liq
HOJIAHMADULLO

“IQTISODIYOT” BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV AMALIYOT H I S O B O T

MUASSASANING UMUMIY TAVSIFI BILAN TANISHISH

Bankning Nizomi O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Bankida «Andijonbank» aksiyadorlik tijorat banki nomi bilan 1991 yil 31 avgustda 20 - raqam bilan ro’yxatdan o’tgan. «Hamkorbank» ATB nomi bilan 2000 yil 24 iyulda 64 - raqam bilan O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankida qayta ro’yhatdan o’tgan. «Hamkorbank» ATB nomi bilan 2008 yil 21 avgustda 64 – raqam bilan O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankida qayta ro’yhatdan o’tgan bo’lib, ushbu bank 30 yillik tarixga ega.

Dastlab eski binoda 3 xodim 20 dan ortiq mijoz bilan ish boshlagan bo’lib, 30yil davomida mijozlar soni 80000 dan oshib ketgan. Dastlabki ustav kapitali 5 mln rubl bo’lgan . Bank o’z faoliyati boshidanoq mijozlar manfaatidan kelib chiqqan holda ish tashkil qilish, ularning talablariga mos zamonaviy bank xizmatlarini tashkil etishga e'tiborni kuchaytirdi. Mijozlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ularning xoxish istaklarini inobatga olib joylarda filiallar, minibanklar tashkil qilishga alohida ahamiyat berildi.

CHET EL KAPITALI ISHTIROKIDAGI HAMKORBANK AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI

Ishlab chiqarish amaliyot dasturi asosida quyidagi namunaviy mavzular bo’yicha o’z amaliyotimni olib bordim: Kompyuterlashtirish bo‘limi faoliyati bilan tanishish. Front-ofis bo‘limi faoliyati bilan tanishish Chakana (jismoniy shaxslar) bo‘limi faoliyati bilan tanishish Ichki nazorat bo‘limi faoliyati bilan tanishish

Tanishuv amaliyot davomida yuqoridagi mavzular doirasida bankning front ofis, bek ofis, midl ofis, chakana biznes va kassa xizmatlari bo’limi ishlari bilan tanishildi. Ushbu jarayonda nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotning to’liq va samarali o’tishini ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali kadrlardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish amaliyot o’tayotgan talabada malakaviy bilimlar ortishiga o’z hissasini qo’shadi.


Download 73.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling