8-mavzu. Foydani maksimallashtirish va raqobatli taklif Reja
Download 102.24 Kb.
|
8-mavzu. Foydani maksimallashtirish va raqobatli taklif Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- Asosiy adabiyotlar ro`yxati
Pe
0 Qe Q 12.11-rasm. Firma zararini minimallashtiradigan holBunday holda firma ishchi kuchidan, kapitaldan unumli foydalanishga harakat qiladi va boshqa xarajatlarni ham imkon boricha qisqartiradi. Bordiyu muvozanat narx Pe firmaning o`rtacha o`zgaruvchan xarajatidan, har qanday ishlab chiqarish hajmida past bo`lsa, ya′ni Pe AVC(Q) , firma o`z faoliyatini to`xtatadi. Qisqa xulosalarBozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa: sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo`lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga qila olmaydilar; bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan; sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqolmaydi; bozor sub′ektlari bozor to`g`risida to`liq axborot olish imkoniyatiga ega. Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad (TR) firma tomonidan ma'lum miqdordagi ne′matni sotishdan olgan daromadiga teng. O`rtacha daromad (AR)- sotilgan bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan daromaddir. Chekli daromad (MR) - bu qo`shimcha bir birlik ′ni sotish natijasida umumiy daromadning o`sgan qismi. Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali razmeri o`zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan o`zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bo`ladi. Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bo`lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. MC MR foydani maksimallashtirish sharti bo`lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopolistik yoki oligopolistik) faoliyat ko`rsatmasin, u o`z kuchini saqlab qoladi. Raqobatlashgan bozorda narx bozor tomonidan belgilanadi va unga firma ta‘sir qila olmaydi. Bunday bozorda harakat qilayotgan firmaning talab chizig`i gorizontal chiziqdan iborat bo`lib, uning chekli daromadi narxga teng, maksimallashtirish sharti (qoidasi) shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi kerakki, bu hajmda narx chekli xarajatga teng bo`lsin: P MC . Narx o`rtacha o`zgarruvchan xarajatdan yuqori bo`lib, o`rtacha umumiy xarajatdan past bo`lganda firma kelajakda foydaga chiqish maqsadida ishlab chiqarish zarar ishlasa ham o`z faoliyatini davom ettiradi va shu bilan birga umumiy zararni minimallashtirishga harakat qiladi. Ishlab chiqarishni to`xtatish qoidasiga ko`ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo`lsa, ya′ni P AVC(Q) , firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi). Nazorat va muhokama uchun savollarMukammal raqobatlashgan bozorning asosiy shartlari nimalar? Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini qanday maksimallashtirishtiradi? Raqobatlashgan bozorda firmaning talab chizig`i qanday ko`rinishga ega? Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanat holati qanday aniqlanadi? Firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig`i grafigi qanday? Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma zararlarini qanday minimallashtirishtiradi? Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma qanday holatda yopiladi? Asosiy adabiyotlar ro`yxatiCampbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604. Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр. Тарануха .В. икроэкономика. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2011. - 580 стр. Пиндайк Р., Рубинфильд Д. икрэкономика. / Пер. с англ. – СПб.: Питер, 2011. - с. 608. Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .: Норма, 2012. - с. 576. Download 102.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling