8-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Xom-ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi
Download 38.93 Kb.
|
8 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo okeaning ifloslanishi, jonli tabiatning yo‘qotilishi yanada xavfli tus olmoqda.
Xom-ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi. Jahon statistik axborot markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan ko‘mirning 45%, temir rudasining 57%, neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to‘g‘ri kelar ekan. Ana shunday holatni xom-ashyoning boshqa turlari to‘g‘risida ham gapirish mumkin. Tahlillarga qaraganda, 90-yillarda ishlab chiqarilgan xom-ashyo miqdori 60-70-yillardagiga qaraganda 1,5-2 barobar ko‘paygan.
Yer yuzida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, insoniyatni xom-ashyo resurslari bilan ta’minlash imkoniyatlari, hosildor yerlar va ichimlik suvi manbalarining kamayib borishi, shuningdek boshqa xom-ashyo zaxiralarining kamayib ketishi kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan ekologik vaziyat, tabiiy muhitning inson organizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Boshqa tomondan esa, fan-texnika taraqqiyotining ko‘lami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini xom-ashyo resurslari, foydali qazilmalari bilan yetarli miqdorda ta’minlash muammosini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning tahlillariga ko‘ra, jahon mamlakatlarining har biri o‘zi ishlab chiqargan yalpi milliy maxsulotning 3-5% miqdorida mablag‘ ajratishi zarur. Demak, xar yili o‘rta hisob bilan 650-850 mlrd. dollar hajmida mablag‘ ajratilishi talab etiladi. Juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tanqisligidan kiyinchiliklar yuzaga chiqmoqda. Ayni shu mamlakatlardan 42-45% km3 hajmida sanoatdan chiqqan iflos oqava suvlar suv havzalari, ko‘l, dengiz, okean suvlarini o‘zining zaharli tarkibi bilan bulg‘amoqda. XXI asr boshlariga kelib, toza ichimlik suvlariga bo‘lgan extiyoj dunyo miqiyosida asrimizning 90-yillariga nisbatan yana 2,3-2,5 barobar oshdi. Dunyo okeaning ifloslanishi, jonli tabiatning yo‘qotilishi yanada xavfli tus olmoqda. Har yili okenlarga 12-15 mln. tonnaga yaqin neft va neft mahsulotlari to‘kilmoqda, shaharlarning kengayishi, sanoat korxonalarini qurish uchun ming-minglab gektar yer maydonlari ajratib berilmoqda, o‘rmonlar kesilib yashil yerlar kamaymoqda. Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfli tus olmoqda. Dunyoda har yili 0,8% tropik o‘rmonlar yo‘qolib bormoqda, 200 ming km2 territoriyadagi tropik o‘rmonlar kesilib qayta tiklanmay qolmoqda. Hozirgi paytda yiliga 8,3 mln. gektar, yoki minutiga 16 gektar o‘rmon yo‘qotilmoqda. Tabiiy muvozanatning dunyo miqiyosida tez o‘zgarishining oqibati hozirning o‘zidayoq insonning yashashi va faoliyati uchun o‘ta zarur bo‘lgan mo‘’tadil muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Davrimizning yana salbiy belgilaridan biri shundaki, inson faoliyati ko‘lamining miqyosi tobora biosferani to‘la egallab, endilikda kosmosga ham ta’sir eta boshladi. Download 38.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling