8-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Download 38.93 Kb.
|
8 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnogen
- Texnopessimizm
- Paradigma
- Ekologik muammo
«Demografik portlash» - ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa yoki mamlakatda va shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tugilish hisobiga axoli miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni. Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab yetishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi. Texnogen – texnika bilan bog‘liq, uning ta’siri bilan belgilangan. Texnokratik – texnikani birinchi o‘ringa qo‘yuvchi. Texnooptimizm – turli muammolarni yechishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko‘rsatuvchi falsafiy yondashuv. Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv. Texnotron jamiyat – kompyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat. Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi. Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo‘lib, bunda axborot o‘ta muhim resursga aylanadi. Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo‘nalishini belgilovchi prinsiplar majmui. Futurologiya – kelajak haqidagi fan. Evolyusion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyusiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o‘rganuvchi fan. Ekologiya – jonli mavjudotlarning o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi fan. Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining buzilishi. Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi, bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadi. Etnogenez – xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi. Evristik – ijodiy, noma’lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga oshiruvchi. Egalitarizm – umumiy tenglikni targ‘ib qiluvchi g‘oyaviy-siyosiy oqim. 1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolotlari. - T.: «O’zbekiston» 1997, 4-bet. Download 38.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling