8-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


«Ommaviy madaniyat» tushunchasi


Download 38.93 Kb.
bet8/13
Sana07.02.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1174337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8 (2)

«Ommaviy madaniyat» tushunchasi. XX asr o‘rtalaridan fan va texnika taraqqiyoti kuchli axborotlar yig‘imini paydo qildi. Ommaviy axborot vositalari (OAV)- matbuot, kino, radio, televidenie, kompyuter aloqasi zamonaviy sosmadaniyat jarayonida salmoqli o‘rinni egallay boshladi. OAV yoki buning boshqacha mass media deb nom olgan turi axborot uzatishdagi kanallarning ko‘pligi, tezligi va uzoq ishlashi bilan ulkan hajmdagi axborotlarga ega bo‘lmoqda. 1940-50 yillarda G.M. Makmoen asarlarida ommaviy kommunikasiya birinchi marta madaniyatning yangi tipi, va kishilarning ijtimoiy munosabatidagi mutlaqo yangi tip sifatida ta’riflandi.
Uning fikricha bu vosita insonlarning axborot olishdagi raqobat kurashida qudratli kuchga aylanadi.
OAV elektron texnika va yo‘ldosh aloqalardan foydalanib, kishilarni ijtimoiy hodisalar va madaniy boyliklarni bir vaqtda idrok qilishga undaydi. G.E. Makmoen ta’kidlaganidek «hammabop va omma yoqtiradigan yangi dunyoviy elektron madaniyati» shakllanmoqda.
Haqiqatdan ham zamonaviy madaniyatning holisona tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ma’naviy madaniyat ko‘proq ommaviylik kasb etib bormoqda. Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:

  1. U millati, yoshi, joyi, ijtimoiy hususiyatlarga bog‘liq bo‘lmagan ommaviy iste’molchilarga ega bo‘ladi;

  2. Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o‘zi ommaviy hususiyat kasb etib, industriyaning mahsus ko‘rinishini o‘zida namoyon qiladi, ya’ni unda yuz minglab kishilar band bo‘lib, ularning «matbuot qiroli», «Buyuk shou tomoshachilari», «kino, TV, estrada yulduzlari» bo‘ladi.

Ommaviy madaniyat kishilarni hayotni befarq kuzatuvchi tomoshabinga aylantiradi. o‘zlari ham mavjud hayotni go‘yo sarob kabi tasavvur qiladilar.
Ortega i Gasset ommaviy madaniyatning ta’sir doirasini tahlil etib, omma o‘ziga, shaxsga o‘xshamay qolishi, kimki boshqalarga o‘xshamasa, shulardek fikrlamasa taxlikada qolishini aytib, «Omma bu yo‘riq-yo‘nalishsiz oqim bilan suzayotgan odamlar. Shuning uchun ular qobiliyat imkoniyatlari katta bo‘lishiga qaramay, hech narsa yaratmaydi. Ommaviy odam axloqdan mahrum, chunki uning mohiyati, ongi burchiga itoatdadir», degan edi.
Ommaviy madaniyat umumiy iste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘liq. Buning asosida iste’mol talab tovar sifatida xaridorgir bo‘lish ma’naviy ehtiyoji yotadi. Oqibatda hozirgi zamon madaniyatidagi ma’naviy qadriyatlar tor doiradagi ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur ma’no-mohiyati, xotira cheksizligi «odatli», «umumiy» qimmatlar bilan, haqiqiy ijod avvaldan ma’lum, mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqarish (kinoseriallar, saez TV va adabiy asarlar) bilan almashinadi. Shaxs o‘zining ijodiy qobiliyati milliyatidan ayrilib, tayyor «madaniy mahsulotlar» iste’molchisiga aylanib qoladi.
«Ommaviy madaniyat» yoshlarga taklif qilayotgan lug‘at:




Download 38.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling