8-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Jamiyat manfaatlarini mensimaslik. O‘z manfaatlari yo‘lida hech narsadan qaytmaslik va boshqalar manfaatidan uni ustun qo‘yish


Download 38.93 Kb.
bet11/13
Sana07.02.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1174337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8 (2)

Jamiyat manfaatlarini mensimaslik. O‘z manfaatlari yo‘lida hech narsadan qaytmaslik va boshqalar manfaatidan uni ustun qo‘yish. Masalan, nikoh kuni mashinalar karvonini uyushtirish odatini ana shunday illatlardan biri sifatida keltirish mumkin. Chunki birgina kuyov va kelin o‘z manfaati, kayfu safosi deb butun shahar yo‘llarida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtoulovlarga xalaqit beradi. To‘ylardagi mashinalar karvoni kundan kunga kengayib bormoqda. Bu esa o‘ziga yarasha noqulaylik va ayrim holatlarda fojealarni keltirib chiqarmoqda. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik illatiga yana ko‘plab misollar keltirish mumkin.

  • Nigilizm. «Nigilizm» lotincha «Nihil», ya’ni «hech nima», «hech narsa» so‘zidan olingan. Nigilizm – jamiyatning axloqiy, ma’naviy norma va ustunlari, tarixiy hamda madaniy qadriyatlarining inkor etilishi; umume’tirof etilgan, obyektiv qadriyatlarga nisbatan mutlaqo salbiy hamda o‘ta tanqidiy munosabatda bo‘lish; muayyan hodisaga nisbatan bir yoqlama, kelishuvni rad etgan tarz­da munosabat bildirish; buzg‘unchilik g‘oyalarini o‘zida ifodalash.

  • Skeptisizm. Dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga oluvchi ta’limotlardan biri. Skeptisizm – bilimdan ko‘ra hissiy idrokni ustun qo‘yish va shu asosda ish tutish. Ya’ni ular bilim va tajribalar asosida emas, balki o‘zlarining his-tuyg‘ulari asosidagina ish ko‘rishni xohlovchilardir.

  • Sinizm. Beadablik, uyatsizlik, hayosizlik; surbetlik, orsizlik; qahri qattiqlik, bag‘ri toshlik, shafqatsizlik, rahmsizlik berahmlik, zolimlik; takabburlik, manmanlik, dimog‘dorlik, kibr-havo; beparvolik, e’tiborsizlik, loqaydlik. Beadablik – asosiy maqsad emas, omadga erishish vositasi, xolos. Zarurat tug‘ilganda o‘z prinsiplaridan chekinmaslik oqibatida inson bir umr aziyat chekib, o‘z behayoligi evaziga qo‘lga kiritilgan erkidan shikoyat qilib o‘tishi mumkin. Bunday beadabliklardan biri – yigit kishining o‘ziga bino qo‘yib, to‘ydan avval biror qizning nomusini toptashi yoki qiz bolaning o‘z nomusini toptalishiga yo‘l ochib berishi.


  • Download 38.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling