8-mavzu: ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi reja
Download 20.64 Kb.
|
8-mavzu maruza matni
SHaxsni o‘rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o‘ziga xosligi
Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning hamda egasi—sub’ekti hamda ob’ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. SHuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o‘rganadiki, uni o‘sha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo‘limlarida ham o‘rganiladi. Har bir bo‘lim yoki tarmoq uni o‘z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo‘lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi. SHaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o‘ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. YA’ni, ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo‘ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o‘rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo‘sinda sodir bo‘lishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya, ya’ni ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, bu ta’sirlarning shaxs hatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo‘lishi ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar muammosi bilan bog‘liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo‘lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida er yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy - sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. SHuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi. Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab SHarq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda to‘tgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. SHaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan xolda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak. Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil echimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi. Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar. (Lens, Gruber va boshqalar). Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki «top - toza taxta»(tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri Dj. Lokk bo‘lib (1632 - 1704) uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi mumkin emas, ular xoxish - tilak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil sezgilar va g‘oyalarning assotsiatsiyasi ro‘y beradi. G. Leybnits (1646-1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o‘zi bo‘lmaydi, hattoki eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do‘ngliklar yoki tug‘ma asoratlar bo‘ladiki, ular layoqatlardek inson takdirida ma’lum rol o‘ynaydi. Bu ikkala yirik yo‘nalish o‘rtasidagi tortishuvlarga chek qo‘yish maqsadida F. Galton qator eksperimental tadqiqotlar o‘tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat qildi. 3 - jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan keltirilgan.
Download 20.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling