8-mavzu. Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi. Aholi farovonligini oshirish tadbirlari. Mavzuni o’rganishdan maqsad


Download 266.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.09.2023
Hajmi266.06 Kb.
#1674535
  1   2   3   4


8-mavzu. Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi. Aholi 
farovonligini oshirish tadbirlari. 
Mavzuni o’rganishdan maqsad: Talabalarga O'zbekistonda Ijtimoiy siyosatning 
olib borilishi, Davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy himyao tizimida tutgan 
o'rni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunning mazmun-
mohiyati haqida ma'lumot berish. 
Tayanch tushunchalar: Adolat, himoya, ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosat, 
ijtimoiy soha, korrupsiya 
Asosiy masalalar (Reja): 
1. 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. 
2. 
Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib 
borish. 
3. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy 
yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 
4. 
O'zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi 
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, 
jamiyatda 
korrupsiyaga 
nisbatan 
murosasiz 
munosabatni 
shakllantirish. 
1. 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari 
va rivojlantirilishi. 
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri 
ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo yetishdagi o'rnini va 
ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. Bozor munosabatlariga o'tish 
davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda 
uni takomillashtirish muhim masala bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirishda sifat jixatdan yangi bosqichga o'tish yehtiyoji paydo 
bo'ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning zamonaviy 
tizimi shakllantirilmoqda.
O'zbekiston 
mustaqillikka 
yerishgandan 
so'ng, 
jamiyatda 
bo-zor 
iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta'minlash davlat 
siyosatining bosh yo'nalishi bo'lib qoldi. Binoba-rin, mamlakatda o'tkazilayotgan 
barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga 
keltirishdir. 
Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy 
sohaga: ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta'minlangan 
qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo'naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga 
tayanish, o'zaro yordam va aholini qo'llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari 
xalqimizning bu boradagi o'ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla 
instituti mazkur yo'nalishda alohida o'rin tutadi. 


Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko'tarildi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar yertaga yemas, bugun baxtli 
yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi 
siyosatimizning ustuvor yo'nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-
mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o'laroq, mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh 
yetmoqda. Xususan, aholining talab va yehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq 
joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo'yicha 
dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo'lgan 
qarashlarni o'zgartirib yubordi. Dasturga ko'ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda 
umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo'lgan namunali va ko'p 
qavatli uylar bunyod yetildi. 
2017 — 2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko'p qavatli turarjoy qurilishi 
bo'yicha dastur qabul qilingan. Kam ta'minlangan oilalar uchun Toshkent shahri, 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda 50 
mingga yaqin kvartirali, arzon, ko'p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017-
yilda xuddi shunday ko'pkvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan 
ortiq bo'lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining 
o'zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan 
ishlarning ko'lamini ko'rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta'minlash faqat 
uy-joy masalasi bilan bog'liq, desak noto'g'ri bo'ladi. Negaki, uzoq yillar davomida 
aynan ijtimoiy sohada o'nlab muammolar yig'ilib keldiki, oqibatda u 
odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi. 
Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini 
kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb 
muammolardan biri bo'lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr 
vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va 
rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog'iston Respublikasi, 
Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm 
viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo'shimcha toza ichimlik suv bilan ta'minlab, 
mamlakat bo'yicha aholining toza ichimlik suviga bo'lgan talabini qondirish 
ko'rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko'tarish imkonini beradi. 
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy 
kommunal xizmat vazirligi tashkil yetildi va Moliya vazirligi qoshida maxsus 
“Toza suv” fondi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo'llar 
muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda 
mintaqaviy 
va 
mahalliy 
ahamiyatga 
yega 
yo'l 
hamda 
yo'l-transport 
infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming 
kilometr xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shahar, tuman markazlari, 
shahar tipidagi qo'rg'onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko'chalar yo'l 
qoplamalarini kapital va joriy ta'mirlash ishlari ro'yobga chiqarilayapti. 
Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida 
yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu yesa 


yo'lovchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini 
ta'minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 
ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus 
yo'nalishlari ochiladi. 
Havo va temir yo'llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 
Toshkent xalqaro ayeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda temir 
yo'l liniyalari qurilishi va yelektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda. 
Davlatimiz rahbari “bizning yeng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi 
qilish” deya takror va takror ta'kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu 
so'z, aslida, mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O'zingiz bir o'ylab 
ko'ring, o'tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul 
voqealar yuz berdi. Tarixiy o'zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u 
yendi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq 
qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat ye'tirofiga 
ham sabab bo'lmoqda. Mamlakatimizda ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy 
sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, 
xalqimiz dilidagi orzu-istaklar ro'yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha 
ta'lim vazirligining tashkil yetilishi aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz 
tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo'l bilan xalqimiz o'z kelajagi poydevorini 
yanada mustahkam bo'lishini ta'minladi. Oliy va o'rta ta'lim tizimi ham isloh 
yetilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo'ylashishimiz, dunyo 
sahnasida munosib o'ringa yega bo'lishimizga zamin yaratadi. 
Albatta, bu kabi yangilanishlar bugun barcha soha-yu tarmoqlarda yuz 
ko'rsatmoqda. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham o'z faoliyatini 
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” 
Davlat ¬dasturi doirasida tashkil yetib, aholi farovonligi yo'lida izchil ishlarni olib 
borayapti. 
Albatta, bu borada dunyo tajribasi ham muhim o'rin tutadi. Binobarin, davlat 
dasturiga binoan milliy mentalitetimizga mos keluvchi ilg'or xorijiy tajribalarni 
qonunchiligimizda mustahkamlab qo'yish va aholining munosib hayot kechirishi 
uchun zarur bo'lgan daromad darajasini aniqlash, “iste'mol savati” tushunchasini 
hayotimizga amaliy qo'llash mexanizmlarini yaratish lozim bo'ladi. 
Shuningdek, dasturga ko'ra, aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, 
pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich ko'tarish, ichki bozorda 
iste'mol tovarlari va xizmatlar narxlarining keskin oshishiga yo'l qo'ymaslik 
bo'yicha amaliy choralar ko'riladi. 
Mehnat bozorida talab mavjud bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini 
kengaytirish, ayni vaqtda ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka 
oshirishga kengroq jalb yetish ham muhim vazifalar sirasiga kiradi. 
Shularga mushtarak ravishda kasaba uyushmalarining ijtimoiy himoya 
sohasidagi vazifa va yumushlari kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy 
hujjatlarida belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar 
uchun ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyati quyidagilarga 
yo'naltirilmoqda: 


qonun hujjatlarida aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo'llab-
quvvatlash ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko'maklashish, 
yolg'iz keksalar, pensionerlar, nogironlar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam 
ta'minlangan va ko'p bolali oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli 
chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan 
hamkorlik qilish, bandlikning noan'anaviy shakllarida mashg'ul kishilar (norasmiy 
sektorda mashg'ul, vaqtincha va mavsumiy xodimlar va boshqalar) hamda ularning 
oila a'zolari ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
amalga oshirish, pensionerlar, nogironlar, balog'atga yetmaganlar, yolg'iz keksalar 
va yuqori darajadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan fuqarolarning boshqa 
toifalarini ijtimoiy himoyalash, “Korporativ ijtimoiy mas'uliyat” va “Ijtimoiy 
mas'ul korxona” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni keng qo'llash. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam ta'minlangan oilalar, ko'p 
bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari va 
kelishuvlari orqali moddiy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi. 

Download 266.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling