8-mavzu. Iqlim o‘zgarishini belgilovchi omillar reja
Download 14.32 Kb.
|
0933117e-6789-4b18-b2f2-9feb03bea081
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
8-MAVZU. IQLIM O‘ZGARISHINI BELGILOVCHI OMILLAR Reja: Global iqlim o‘zgarishi omillari: 1.1. Astronomik; 1.2. Geografik; 1.3. Antropogen; Iqlimiy o‘zgarish sabablarini izohlovchi nazariyalar; Quyosh aktivligi va Quyosh yorituvchanligining o‘zgarishi; Yer orbitasi parametrlari yoki uning aylanish tezligining o‘zgarishi; Vulkan aktivligining kuchayishi yoki susayishi; Atmosfera gaz tarkibining o‘zgarishi. Hozirgi kunda yuqorida ko‘rib chiqilgan iqlimiy omillar asosida kuzatilayotgan iqlimiy o‘zgarishlar sabablarini tushuntirib beruvchi qator nazariyalar mavjud. Erning geologik tarixi davomida butun Er tabiati bilan birgalikda atmosfera tarkibi, uning massasi o‘zgargan, shu bilan birga materiklarning shakllari tog‘ sistemalarining konfiguratsiyasi va balandliklari quruqlik va okeanlar maydonlari ham o‘zgarib turgan. Quyosh yorituvchanligi, Er orbitasi ekssentrisitetining tebranishlari va ekliptika tekisligiga nisbatan Erning aylanish o‘qi qiyaligining o‘zgarishlari kuzatilgan. SHu bilan birga Erning aylanish tezligi ham sekinlashgan. Oqibatda, bu holat, issiqlik almashinuvi, namlik almashinuvi va atmosfera sirkulyasiyasi hamda iqlimning geografik omillarining o‘zgarishiga olib kelgan. Bularning barchasi Erda iqlimning ko‘p karra o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Iqlimiy o‘zgarishlarning mumkin bo‘lgan sabablarining vaqt miqyosi juda kattadir.Er orbitasining ekssentrisiteti, pretsessiya va orbita tekisligiga nisbatan Erning aylanish o‘qi qiyaligining o‘zgarishi kabi orbital parametrlarning variatsiyalari mos ravishda 100 000, 23 000 va 41 000 yilni tashkil etadi. Er po‘sti harakatining vaqt masshtabi esa 105 - 109 yilga teng. Vulkanlarning otilishi natijasida stratosferada aerozolning hosil bo‘lishi juda katta - 100 dan 108 gacha yillar oralig‘idagi iqlimiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan, iqlimiy sistemaning ichki o‘zgaruvchanligi sistemani tashkil etuvchilari orasidagi to‘g‘ri va teskari bog‘lanishlarning turlicha mexanizmlari bilan aniqlanadi: Atmosfera, okeanlar, kriosfera, quruqlik yuzasi va biosfera orasidagi bog‘liqlikning vaqt masshtabi 100-109 yillarga teng bo‘lishi mumkin. Masalan, atmosfera va okeanning o‘zaro ta’sirlashuvi 100-102 yilni tashkil etadi. Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, iqlim o‘zgarishi istalgan geologik davrda ro‘y berishi mumkin. Sinov savollari: Global iqlim o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Iqlimiy o‘zgarish sabablarini tushuntiruvchi qanday nazariyalarni bilasiz? Quyosh aktivligi va Quyosh yorituvchanligining o‘zgarishi iqlimga qanday ta’sir etadi? Yer orbitasi parametrlari yoki uning aylanish tezligining o‘zgarishi iqlimga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Vulkan aktivligining kuchayishi yoki susayishi iqlim o‘zgarishiga qanday ta’sir etadi? Atmosfera gaz tarkibining o‘zgarishi iqlimga ta’sir ko‘rsatadimi? Download 14.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling