Fakultet dekani N.Oblomurodov
5-topshiriq. Ma`lumotlardan foydalanib bankda ishlashingiz haqida ma’lumotnoma yozing.
Ma’lumotnoma: ma’lumotnoma rahbarlar ko‘rsatmasi yoki fuqarolar talabiga ko‘ra beriladi. Shaxsiy ma’lumotnomaning zaruriy qismlari: tashkilot nomi, berilgan sana, tartib raqami, ma’lumotnoma berilayotgan kishining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning mazmunini tashkil etuvchi qisqa matn, qayerga taqdim etilayotganligi, tashkilot rahbarining imzosi, familiyasi va tashkilot muhri bo‘lishi kerak.
6-topshiriq. Qoliplashgan tuzilmalarni qo‘llab gaplarni to`ldiring.
“. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”;
“. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
“. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
“. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”;
“. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun xayfsan e’lon qilinsin” va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |