3-topshiriq. Ariza haqidagi ma’lumotlardan foydalanib, ishga kirish haqida ariza yozing.
Arizaning turlari: ishga kirish, ishdan bo‘shash, mehnat ta’tiliga chiqish, o‘z hisobidan ta’til so‘rash, moddiy yordam, davolanish yoki dam olish uchun yo‘llanma, farzandini bog‘chaga, maktabga berish uchun yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjatlardir. Arizaning zaruriy qismlari: ariza yo‘llanayotgan tashkilot, rahbar familiyasi, ismi, otasining ismi, ariza matni, ilova hujjatlar ro‘yxati, ariza yozgan shaxsning imzosi, familiyasi va sanasi yozib ko‘rsatiladi.
4-topshiriq. Tavsifnoma haqidagi ma’lumotlardan foydalanib do‘stingizga tafsifnoma yozing.
Tavsifnoma korxona yoki o‘quv yurti ma’muriyati tomonidan beriladigan rasmiy hujjatdir. Unda tavsiflanuvchining ish, o‘qish, jamoatchilik faoliyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlari aks etadi. Unda qayd etiladigan zaruriy ma’lumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi, ma’lumoti, ishlagan lavozimlari, ish yoki o‘qish faoliyati davridagi yutuqlari, tashabbuskor va ijodkorligi, atrofdagilarga munosabati, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hujjatni tasdiqlovchilarning imzolari, familiyalari va lavozimlari, muhr va tasdiqlangan sana keltiriladi.
Namuna
Do'stlaringiz bilan baham: |