Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Mahsulot tannarxini xarajatlarning asosiy turkumlari bo`yicha hisoblash mumkin. Misolimizdagi «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblab chiqamiz (8.2-jadval).
8.2-jadval
«A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblash
Jadvaldan ko`rinadiki, korxonada «A» mahsulotning bir oylik ishlab chiqarish xarajatlari 60 mln. so`mdan iborat bo`lib, jami 1000 dona mahsulot ishlab chiqarilgan. Demak, 1 dona mahsulotning tannarxi 600 so`mga teng.
Bu o`rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma`lumki, mahsulot qiymati (Q) o`z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) hamda yangidan yaratilgan qiymat (QYA)ni to`liq oladi. O`z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi foydaga (Fya) ajraladi (8.6-chizma).
Foyda miqdoriga ta`sir ko`rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o`z mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo`lib, bu o`rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o`rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko`rsatish mumkin (8.7-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |