8-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish. Reja


Download 27.86 Kb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi27.86 Kb.
#1222402
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu


8-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish.


Reja:

1. Jamoadagi konflikt.


2. Jamoadagi konfliktni yechimga olib kelish.


Tayanch so’z va iboralar: agressiya zo’ravonlik, nizo, konfliktli vaziyat, ijtimoiy nizo, madaniyat, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, to’qnashuv, g’oya, konflikt manbalari, sivilizatsiya, nizo turlari, stress, depressiya

Jamoada sodir bo’lishi mumkin bo’lgan konfliktlarning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’ladi. Jamoada sodir bo’ladigan konfliktlar mana shu jamoada ishlayotgan barcha xodimlarga o’z ta’siri o’tkazmay qolmaydi. Mehnat jamoasidagi vujudga kelishi mumkin bo’lgan konfliktlar (1) sizdan tashqarida, ya’ni ziddiyat sizning manfaatlaringizni o’zida jam qilmagan, yoki (2) unga siz ham tortilgan, ya’ni sizning manfaatlaringiz konflikt orqali buzilayotgan va yoki aksincha, sizning manfaatlaringiz yutiyu chiqayotgan, yoki (3) alohida holda siz va sizning hamkasbingiz, siz va sizning rahbaringiz o’rtasida, yoki (4) umuman butun jamoa orasida vujudga kelishi mumkin. Jamoadagi konflikt kim o’rtasida sodir bo’layotganligiga qaramay mana shu jamoada ishlayotgan xodimlarning barchasini o’z domiga tortib ketadi.


Siz jamoada sodir bo’lgan ziddiyatdan tashqarida bo’la olmaysiz. Agar siz konfliktga umuman aralashmasangiz ham, sizdan konfliktga nisbatan o’z munosabatingizni oydinlashtirish so’ralganda, xohlang-xohlamang ziddiyatga nisbatan o’z fikringizni, o’z xulosalaringizni aytishga majbur bo’lasiz. Bu esa, qaysidir masalalarda bir, yoki boshqa tomonning manfaatlarini ustun qo’yishingizga, biror tomonning yonini olishingizga sizni majbur etadi.
Agar siz maqsadli ravishda jamoadagi konfliktdan o’zingizni olib qochib, o’zingizni betaraf deb e’lon qilganingizda ham, har kuni o’sha jamoada bo’lganingiz uchun, konfliktning qanday rivojlanayotganligi, tomonlar o’zini qanday tutayotganligi beixtiyor kuzatib borasiz, oxir oqibat o’zingizni haqiqatan ham ziddiyatdan tashqaridaman deb his qila olmaysiz. Jamoada vujudga kelgan har turli konfliktlarga nisbatan ham passiv emas, faol yondoshgan ma’qul. Siz o’zingizni bir tomonning yonini olgan, yoki ikkinchi tomon uchun bo’ysungan holda emas, balqi avval o’rganganimizdek, mana shu konflikt vaziyatni vujudga keltirgan muammoni aniqlashga sayi-harakat qilib, butun jamoa diqqatini shaxslararo munosabatlarni taftish qilishga emas, balki muammoni aniqlashga, uning yechimini qidirishga, tomonlarning har birining manfaatlarini o’zaro yaqinlashtirishga, har ikki tomonni ham o’zaro qoniqtiradigan yechimni qidirishga safarbar etishingiz lozim bo’ladi.
Masalan, jamoada ikki xodim o’rtasida o’zaro konflikt vaziyat vujudga keldi. Bo’lim muhim bo’lgan masala yuzasidan yillik hisobot tayyorlashi lozim edi. Hisobotning tarkibiy qismlari turli xodimlarga bo’lib berildi. Kimdir hisobot yozishga mas’uliyat bilan yondoshdi, kimdir mas’uliyatsizlik qilib, kechikib, o’zi tayyorlashi bo’lgan sahifalarni yozib ulgurmadi. Buning natijasida butun bo’lim yillik mukofotdan quruq qolishi ehtimoli vujudga keldi. Kimdir O’zi kim bu landovurni ishga olib kelgan, dedi. Boshqa bittasi Avval so’raylikchi, oilasida biror kor-hol bo’lgandir, dedi. Uchinchilar -Mana biz kechalari uxlamay, qog’ozlarni uyga olib ketib, xo’jayinlardan gap eshitib bo’lsa ham, yozib ulgurdik-ku‖, dedi. Boshqa bir xodim ―Haydash kerak bunaqa bezbetlarni, birovlar hisobiga kun ko’radiganlarni. Qutulish kerak ulardan. O’zi ham ishlamaydi, birovlarni ham oyog’iga bolta uradi, dedi. Hamma gapga chidayotgan ishni bajarib kelmagan xodim, ―Kim bezbet? Kimning oyog’iga bolta uribman?! deb qarshisida turgan odamga tashlanib qoldi. Orada shovqin-suron bo’lib ketdi. So’z bilan urishish mushtlashishga aylanib ketdi. Shovqinga bo’lim boshlig’i kirib qoldi. Ikkala urishgan xodimni o’z xonasiga taklif etdi. Boshliq xisobotni muddatida qilmagan odamni o’zi ishga olib kelgan edi. Shu bois uni ko’p urishmadi. Gaplarining oxirida ―Hammaga aytib, tinchlantirib qo’yinglar. Hamma o’z mukofot pulini oladi, - dedi. So’ng, ―Biz bir bo’limdamiz. O’zaro janjal qilmanglar. Uyat bo’ladi. Murosa-yu madora. Qani bir-birlaringizga qo’l berib, yarashib olinglar-chi, dedi-da ularni qo’yib yubordi. Ana endi siz javob bering. Boshliq o’rtadagi nizo va ziddiyatni yechib, muammoni hal qilgan-mi?! Eng oson yo’li, xuddi muammo mavjud emasdek, tomonlarga urushmanglar, deyish. Ammo, urushmanglar deyish bilan odamlar urushmasdan qolmaydi-ku... shu bois, jamoada vujudga keladigan konlfiktlarda ham o’zini tutish va konfliktda bo’lgan munosabalar bo’yicha ma’lum tartib-qoidalarga rioya qilgan ma’qul bo’ladi. Jamoadagi konfliktlar bo’yicha mutaxassislar konfliktni boshqarishning sakkiz muhim qoidalarini ajratishadi.



Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling