4.3. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti
Frantsiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646–
1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti
kabi professional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga
o’xshab huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 yoshida Normandiyada sudyalik
lavozimini egal-ladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining
oxirigacha ishladi, faqat o’limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’liga
topshirib ketdi.
Sinchkov aql, jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda
mamlakatning iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri XVIII asrning
boshidagi Frantsiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini
aniqlashga bo’lgan qiziqish uyg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mu-
lohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 yoshida yozgan «Frantsiya holatining
Do'stlaringiz bilan baham: |