8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va buyumning ijtimoiy me’yorli
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
6.2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va buyumning ijtimoiy me’yorli
foydaliligi Har xil ehtiyojlarni qondirish uchun buyumlar qanday taq-simlanishi kerak? Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o’zi uchta – A, V va S ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bu erda A ancha muhim ehtiyoj, S esa unchalik ahamiyatli bo’lmagan ehtiyoj. Demak, ehtiyoj-larning har birini qondirish uchun Z buyumi birligining me’yorli foydaliliklari har xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyi-ladi, 1- jadvalga qarang). 1-jadval A V S 4 3 3 2 2 2 1 1 1 Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo’lgach, odam uni A ehtiyojni qondirish uchun foydalanadi, negaki bu vaziyatda uning me’yorli foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum birligi bo’lsa, unda ularning uchtasini u A ehtiyojni qondirishga ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga ishlatadi. Bunda ehtiyojlarning umu-miy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha me’yorli foyda-liliklarning yig’indisi). Bu erda shu narsani bilish qiyin emas-ki, buyumlarning boshqacha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli bo’lardi. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birlik-lari har xil e’htiyojlar o’rtasida ratsional taqsimlanganda me’yor-li foydaliliklar baravarlashadi: MUa = MUb = Mus Bozorda tovarlarni xarid qilishda umumiy foydalilikni maksimallashtirish uchun ularning narxini ham hisobga olish kerak. Bunda xaridor qimmat tovar o’rniga arzonroq tovarlardan ko’proq sotib olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har biriga sarflangan har bir pul birligidan bir xil qoniqish hosil qilishi mumkin. Gossenning ikkinchi qonuni me’yorli foy-daliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi, ya’ni bu qonunga muvofiq bir pul birligiga olingan har bir tovarning me’yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda, go’sht yoki baliq sotib olishga sarflangan har bir oxirgi pul birligi, o’z foydaliligi bo’yicha, makaron yoki kartoshka sotib olishga sarflangan oxirgi pul birligiga teng bo’lishi kerak. Iste’mol muvozanatining bunday shartini quyidagicha ifodalash mumkin: MU 1 MU 2 MU 3 ... MU n , P 1 P 2 P 3 P n bu erda: MU – ayrim tovarlarning me’yorli foydaliligi; P – ularning narxi. Shunday qilib, turli tovarlarning me’yorli foydaliliklari tenglashadi. Agar 1 kg apelsin 100 so’m, 1 kg ananas esa 300 so’m tursa, unda ananasning foydaliligi apelsinning uch karra ko’paytirilgan foydaliligiga teng. Shunday taqqoslashga muvofiq bozorda alohida tovarlarning narxlari o’rnatiladi, nisbatlar shakllanadi, nisbiy narxlar tashkil topadi. Natijada pul bir-ligiga olinadigan har bir tovarlarning me’yorli foydaliliklari tengligi kelib chiqadi. Ijtimoiy me’yorli foydalilik. Bozorda har bir sub’ekt o’ziga keragidan ortiqcha tovarlarini (sub’ekt uchun me’yorli foy-daliligi nisbatan katta bo’lmagan) sotish va o’zi ehtiyoj sezgan tovarni (uning me’yorli foydaliligiga nisbatan yuqori) sotib olish yuzasidan ish yuritadi. Kishilarning manfaatlari to’qna-shadi va iste’molchilar bilan sotuvchilarning sub’ektiv baholashi yagona ijtimoiy qiymatni keltirib chiqaradi. Agar bozorda faqat bitta sotuvchi (uning uchun sotilayotgan tovarning me’yorli foy-daliligi, masalan, 100 pul birligiga teng) va bitta (300 pul birligiga teng) xaridor bo’lsa, unda narx 100 dan 300 gacha bo’lgan chegarada tebranib turadi. Lekin bozor ishtirokchilari qancha ko’p bo’lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo’ladi (Edjuort teoremasiga muvofiq). E.Bem-Baverk o’nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot bozorini misol qilib keltiradi. Har bir xaridor o’zining yuqori narx chegarasiga ega («undan qimmatiga olmayman»), har bir sotuvchi esa - quyi narx chegarasiga («undan kamiga sotmayman»). 2-jadvalga qarang. Bir ot uchun belgilangan narx 120 pul birlik bo’lganda bozorda 10ta xaridor va 2 tagina sotuvchi qoladi. Bunda talab taklifdan oshib ketadi va narx, albatta, ko’tariladi (xaridorlar o’rtasida raqobat natijasida). Xaridorlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Qimmat bo’lmasin (pul birligidan) 300 280 260 240 220 210 200 180 170 150 Sotuvchilar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Arzon bo’lmasin (pul birligidan) 100 110 150 170 200 215 250 260 Agar narx, masalan, 250 pul birligi darajasida o’rnatilsa, unda bozorda 7 ta sotuvchi va 3 tagina xaridor qoladi. Taklif talabdan oshib ketadi. Endi sotuvchilar o’rtasida raqobat kelib chiqadi, ular narxni pasaytira boshlaydilar. Narx 215 pul birligidan sal pastga tushishi bilanoq, bu erda sotuvchilar bilan xaridorlar soni tenglashadi (oltitaga oltita). Shunday qilib, bunday bozorda bir otning narxi 210 va 215 pul birligi o’rtasida o’rnatiladi. Ana shu narx, faraz qilaylik, 212,5 pul birligi, mazkur bozordagi pul birligiga nisbatan otning me’yorli foydaliligini ifodalab beradi: bu narxdan kamiga hech kim sotmaydi, bu narxdan yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy me’yorli foydalilikdir. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling