8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


)  «Ekonomiks  printsiplari»  (1890)


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
Bog'liq
такой

1924)  «Ekonomiks  printsiplari»  (1890)  kitobida  ancha  tizimlashtirilgan 
ko’rinishda  ifodalangan.  Mazkur  asar  birinchi  katta  darslik  vazifasini  o’tagan. 
Unda   talab   va   taklif   to’g’ri-sidagi   kontseptsiyalar   birlashtirilgan   va   ayrim 
bozorlarni  o’rga-nish uchun  matematik  dastaklar  keng  qo’llanilgan. A.Marshall  va 
uning    hamfikrlari    xizmati    tufayli    yangi    klassik    nazariya    XX    asrning    30    - 
yillarigacha iqtisodiy fanda etakchi o’rinni egallab keldi. 
A.Marshall  marjinalizm  g’oyalarini  mustaqil  (Jevonsga  bog’liq  bo’lmagan 
holda) va o’ziga xos uslubda rivojlantirdi. Klassik maktab (Smit, Rikardo, Mill) va 
marjinalizm  (Men-gerdan  Valrasgacha)  yutuqlarini  birlashtiruvchi  nazariy  tizim 
yaratdi. 
Qiymat  (qimmat)  va  narxning  shakllanishi  nazariyasi.  Iqti-sodiy  fikrlar 
tarixida  eng  qiyin  va  murakkab  muammolardan  biri  –  qiymat  muammosi 
hisoblanadi.  A.Marshallning  asari  vujudga  kelgunga  qadar  tovar  qiymati 
muammosiga  bo’lgan  ikki  xil  yondashuv  mavjud  bo’lgan:  qiymat  yo  ishlab 
chiqarish   xarajatlari   bilan,   yoki   tovarning   foydaliligi   va   noyobligi   bilan 
aniqlangan.    Birinchi    yondashuvga    muvofiq,    boylikning    o’sishi    yo    resurslar 
(mehnat,  kapital  va  er)ning  unumdorligi  natijasi  yoki  ishlab  chiqarish  omillari 
egalarining  kelgusida daromadlarni  ko’pay-tirish  maqsadida bugungi  ne’matlardan 
voz  kechishi  oqibatidir.  Ikkinchi  yondashuvga  (me’yorli  foydalilik  nazariyasi) 
ko’ra,  qiy-matning  asosida  bozor  qatnashchilari  tomonidan  buyumning  foyda- 
liligiga  berilgan  sub’ektiv  baho  yotadi.  Bu  borada  turli  yondashuv  vakillari 
o’rtasidagi bahslar ko’pincha abstrakt, behuda, samarasiz bo’lgan. 
Ko’pchilik  mutaxassislarning  fikriga  ko’ra,  A.Marshall  bu  bahslarga  nuqta 
qo’ydi  va  zamonaviy  mikroiqtisodiy  tahlil  asosini  yaratdi  (iqtisodiy  fikrlar  tarixi 
bo’yicha  ba’zi  kitob-larda  esa,  hatto  fandagi  «marshall  inqilobi»  to’g’risida  ham 
gap  yuritiladi).  Uning  xizmati  shundan  iboratki,  u  qiymatning  birinchi  (asosiy) 
sababini  qidirishni  tahlil  qilishdan  talab  va  taklifning  shakllanish  va  o’zaro  ta’sir 
ko’rsatish  qonuniyatlarini  o’rganishni  tahlil  qilishga  o’tishning  zarurligini  asoslab 
berdi.  Boshqacha  so’z  bilan  aytganda,  A.Marshall  qiymat  nazariyasini  baho 
nazariyasi (yoki bozor muvozanati nazariyasi)ga turlantirdi. 
A.Marshall  marjinalistlar  yutug’iga  yuqori  baho  bergan  holda,  ularning 
klassik  maktabni  va  D.Rikardoning  xarajatlar  nazariyasini  bir  tomonlama  tanqid 
qilganini  ko’rsatib  o’tdi.  Marjinalistlar  qiymatni  ishlab  chiqarish  xarajatlari  bilan 
bog’lab  tushuntirishni  rad  etgach,  tovar  qiymatining  (qimmat)  aso -sini  uning 
foydaliligi  tashkil  etadi  deb,  mazkur  muammoga  bir  tomonlama  yondashdilar 
(ular   qimmatni   faqat   me’yorli   foydalilik   bilan   tushuntirdilar).   A.Marshall


me’yorli foydalilik nazariyasini talab va taklif nazariyasi bilan va ishlab chiqarish 
xarajatlari   nazariyasi   bilan   birlashtirdi.   A.Marshallning   tasdiqlashic ha,   ishlab 
chiqarish   xarajatlari   tamoyillari   va   me’yorli   foydalilik   –   talab   va   taklif 
qonunnining  tarkibiy  qismlaridir.  Ularning  har  qaysisini  «qaychining  tig’laridan 
biriga   qiyoslash   mumkin.   Agar   bir   tig’   qo’zg’almas   bo’lib   va   qirqish 
ikkinchisining  harakati  tufayli  amalga  oshirilayotgan  bo’lsa,  biz  beparvolik  bilan 
lo’nda qilib, ikkinchisi qirqayapti  deb aytishimiz  mumkin…». Marjinalist -larning 
xatosi  talab  va  taklif  simmetriyasiga  etarlicha  baho  bermaslikdan  iborat,  yutug’i 
esa ulargacha chetda qolib ketgan talab muammosiga e’tiborni qaratganligidadir. 
O’z  mohiyatiga ko’ra,  A.Marshall  bo’yicha,  real  qiymat  –  bu  talab  va  taklif 
ta’sirida  shakllanadigan  muvozanat  baho.   Bunda  talab  ham,  taklif  ham  teng 
huquqli  omil  sifatida  amal  qiladi.  A.Marshall  yo  taklifni  (klassik  nazariya),  yoki 
talabni  (me’yorli  foydalilik  nazariyasi)  hal  qiluvchi  omil  sifatida  ko’rsatishga 
bo’lgan  urinishlarning  har  ikkalasi  noto’g’ri  ekanligi  ko’rsatib  berdi.  Shu  asosida 
A.Marshall  oldingi  qiymat  nazariyalaridan  eng  muhim  qoida  va  kontseptsiyalarni 
olib  bir  butun  tamoyilga  bir-lashtirdi.  Masalan,  sarfli  qiymat  nazariyasi  bozor 
taklifining  shakllanish  qonuniyatlarini  tushuntirib  berish  uchun  foydala-nildi, 
me’yorli  foydalilik  nazariyasi  esa  bozor  talabining  shakllanish  qonuniyatlarini 
tushuntirib  berish  uchun  ishlatildi.  A.Marshall  tovar  qiymati  (bahosi)ni  aniqlashda 
me’yorli  foydalilik  va  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  sintezlashtirdi.  A.Marshall 
bo’yicha, tovar qiymati (bahosi) ikki omil: foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlari 
bilan aniqlanadi. 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling