8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
8-MAVZU: JON MEYNARD KEYNS TA`LIMOTI VA KEYNSCHILIK 8.1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta’limoti Jon Meynard Keyns (1883–1946) hozirgi zamonning buyuk iqtisodchi olimi. Uning dunyoqarashi o’zi oldin bilim olgan, keyin o’qituvchilik qilgan Kembrij universitetida shakllandi. U bu erda ikkinchi bir atoqli olim – Kembrij iqtisodiy maktabi-ning asoschisi A.Marshall qo’lida ta’lim oldi. Ammo uning izidan bormadi, o’ziga xos yo’nalishda nazariya yaratdi. Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko’rsatish dastagiga ega bo’lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo’lgan. U shunday yozadi: «Ulyanov Lenin kapitalistik tizimni yo’qotishning eng yaxshi usuli – bu inflyatsiya vositasida uning valyutasini obro’sizlantirish va kuchsizlan-tirish deb tasdiqlagan edi. Lenin mutlaq haq bo’lgan. Amal qilib turgan jamiyatni to’ntarishning bundan nozik va to’g’ri usul yo’q». Ingliz iqtisodchisi inflyatsiya keltirib chiqaradigan «inflya-tsiya solig’i» (pul qadrsizlanganda uning egasi o’z jamg’armasi qiymatining bir qismini yo’qotadi) va uning salbiy oqibatlarni ko’rsatib berdi. Surunkali inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish faoliyati bilan, ayniqsa, uzoq muddatli investitsiya loyihalari bilan shug’ullanish, oddiy qilib aytganda, befoyda: pul juda sekin aylanadi va o’zining sotib olish qobiliyatini yo’qotadi. Shuning uchun chayqovchilik faol tadbirkorlik faoliyati sohasiga aylanadi. U turli bozorlarda baholar o’rtasidagi farq hisobiga foydani ko’paytirishga imkon beradi. J.M.Keyns o’z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular «Ehtimollar to’g’risida traktat» (1921), «Er-kin tadbirkorlikning tugatilishi» (1926), «Pul to’g’risida traktat» (1930) va boshqalar. Uning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili chop etildi. J.M.Keyns ilmiy ishlar bilan birga faol amaliy va siyosiy faoliyat bilan ham shug’ullandi. U yirik sug’urta kompaniyasining raisi, investitsiya kompaniyasining boshqaruvchisi, «Iqtisodiy jurnal» muharriri, davlat amaldori, moliya vazirligining iqti-sod bo’yicha maslahatchisi lavozimlarida ishladi. Buyuk turg’unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqtisodiy inqiroz va ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug’ullana boshladi. 1929 yili u ishsizlik muammolari bo’yicha iqtisodiy kengash raisi etib tayinlandi. Ikkinchi Jahon urushi yillari (1940) u Britaniya xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941 yili u AQSh hukumati bilan lend-liz kelishuvi bo’yicha materiallarni va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga kiritildi. 1942 yilda Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi. J.M.Keyns 1944 yilda Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankini tashkil etish rejasini ishlab chiqqan Bretton-Vud valyuta konferentsiyasiga o’z mamlakatining bosh vakili qilib tasdiqlandi. Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv a’zolaridan biri etib tayinlandi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling