8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


  Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
такой

8.7.  Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari 
 
J.M.Keyns  ta’limotidagi  asosiy  yutuqlardan  biri  shundan  iboratki,  unda 
iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solib  turishning  zarurligi  ko’rsatib  berildi. 
Bu  erda  shu  narsani  aytib  o’tish  joizki,  J.M.Keynsdan  oldingi  iqtisodchilar 
(D.Rikardo,  A.Pigu,  K.Viksell)  ham  bu  borada  nazariya  yaratganlar.  Ammo  J.M. 
Keyns  nazariyasi  uning  o’tmishdoshlari  va  zamondoshlari  nazariya-laridan  shu 
bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o’z- 
o’zidan  yuaga  keladigan  hodi-salar  emas,  balki  bozor  mexanizmi  harakati 
tug’diradigan  hodisa-lar  ekanligini  isbotlagani  holda,  birinchi  marta  iqtisodiyotni 
davlat  tomonidan  muntazam,  uzluksiz  ravishda  tartibga  solib  turish  zarurligini 
ko’rsatib  beradi.  J.M.Keyns  bu  bilan  klassik-lar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va 
o’sha  paytda  hukmron  bo’lib  turgan  tartiblashning  mikroiqtisodiy  yondashuvini 
rad  etdi.  Firmaning  (mikroiqtisod)  rivojlanishi  sharoiti  bir  butun  mil-liy 
iqtisodiyotning  (makroiqtisodiy)  rivojlanish  sharoitini  belgilab  berolmasligini 
ko’rsatib berdi. 
Iqtisodiyotni    davlat    tomonidan    tartiblashning    keynscha    naza-riyasi    uch 
asosiy holatni  o’z  ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor 
mexanizmiga  baho  beriladi;  ikkinchi-dan,  iqtisodiyotning  boshboshdoqlik  asosida 
rivojlanishi  jarayo-nida  bo’ladigan  qiyinchilik  va  ziddiyatlarning  sabablari  talqin 
qilinadi;  uchinchidan,  kamchiliklarni  bartaraf  qilish  maqsadida  iqtisodiyotni 
tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. 
J.M. 
Keyns 
klassiklarning 
iqtisodiyotning 
o’zini-o’zi 
tar-tiblash 
mexanizmini  tanqid  qilib,  bozor  iqtisodiyotida  bunday  mexanizm  amal 
qilmasligini,  iqtisodiyotni  davlat  yordamida  tartiblash  mumkinligini  ko’rsatib, 
«davlat iste’molga bo’lgan  moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman  tegishli 
soliq  tizimi  yo’li  bilan,  qisman  foiz  me’yorini  belgilash  yo’li  bilan  va  ehtimol, 
boshqa usullar bilan o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi. 
J.M.Keyns  fikriga  ko’ra,  iqtisodiy  jarayonlarni  davlat  tomonidan 
tartiblanishining  samaradorligi  davlat  investitsiya-lari  yordamida  vositalarni 
qidirishga,   aholining   to’la   ish   bilan   bandligiga   erishishga,   foiz   me’yorini 
pasaytirish va belgilashga bog’liq. Uning ta’kidlashicha, davlat investitsiyalari ular


etish-may  qolgan  sharoitda  qo’shimcha  pul  chiqarish  bilan  kafolatlanishi  (byudjet 
kamomadidan  qo’rqmagan  holda)  kerak,  kamomad  esa  ish  bilan  bandlikning 
o’sishi  va  foiz  me’yorining  pasayishi  bilan  bartaraf  etiladi.  Boshqacha  aytganda, 
J.M.Keyns    kontseptsiyasi    bo’yicha,    ssuda    foizi    qancha    past    bo’lsa, 
investitsiyalarga  bo’lgan  qiziqish  shuncha  yuqori  bo’ladi,  bu,  o’z  navbatida,  ish 
bilan band-likni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi. 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling