8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
8.4. Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va
investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar J.M. Keyns nazariyasida yuqori ish bilan bandlikni ta’min-lashda, milliy daromadni ko’paytirishda investitsiyalarning ro-liga katta e’tibor beriladi. Investitsiyalar muammosi asosiy muammo hisoblanadi. Investitsiyalar muammosi bu – jamg’arma-larning investitsiyalarga aylanishi muammosidir. Agar investitsiyalar hajmi jamg’armalar hajmidan ortiq bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Agar investitsiyalar jamg’ar-malardan kam bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va da-romad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar jamg’ar - malarga teng bo’lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o’zgarmay qoladi (Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2- x t.: Per. s italyanskogo. M.: «Progress », 1976, 628-629 s.). Jamg’armalar jiddiy to’siqlarsiz investitsiyalarga aylanishi uchun nima qilish kerak? J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste’mol-dan o’zini tiyish iqtisodiy o’sishning asosi degan tushunchasini inkor etadi va asosiy e’tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo’lishi mumkin emas», «tejamkorlik uddaburonlikdan oshib keti-shi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga halaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. Haqiqatan ham, jamg’armalarning ko’payishi in- vestitsiyalarning ko’payishidan ustun bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to’xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi. J.M. Keyns bo’yicha, jamg’arma va investitsiyalar, yangi klas-siklar hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda teng-lashmaydi. Jamg’armalar va investitsiyalar dinamikasi har xil omillarga bog’liq bo’ladi. Jamg’armalar daromad o’sishiga qarab ko’payib boradi. Investitsiyalar kapital qo’yilmalaridan kela-digan foydaga va foiz stavkasiga bog’liq. Bu bilan J.M. Keyns bozor tizimining eng zaif bo’g’inini ko’rsatib beradi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo’ladigan vaziyatni mo’ljallab qaror qabul qiladi, jamg’aruvchi qo’lga kiritilgan daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya’ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi. Jamg’arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi daromadning o’sishiga qarab o’zgarib turadi. Investitsiyalar hajmi, J.M. Keyns bo’yicha, kapital qo’yilma-laridan keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me’yorli unumdorligiga va foiz me’yoriga bog’liq bo’ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi qancha past bo’lsa, kredit olish va investitsiyalar hajmini ko’paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo’yilmasining me’yorli foydaliligi foiz me’yoridan pasayib ketmaguncha investitsiyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me’yori yuqori bo’lsa, jamg’arma egalari o’z mablag’larini investitsiyalarga, kapital qo’yilmasiga sarflamay-dilar. Negaki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib olish yo’li bilan ancha oson daromad topishi mumkin. Investitsiyadan keladigan foyda darajasining pasayishi va foiz me’yoriga yaqinlashib borishi kuzatilayotgan vaziyatda inves-titsion faoliyat to’xtatiladi, turg’unlik kelib chiqadi. Foiz me’yori bo’lajak investitsiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, investitsiya jarayoni shuncha jonli bo’ladi va aksincha. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling