Fiziokratlar (lat. – tabiat, hukmronlik) – bu X V I I I asrdagi frantsuz
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi
Frantsiyada feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida vujudga keldi. Bu
tasodifiy hol emas edi. O’sha davrda Frantsiyada manufaktura ancha rivojlangan
bo’lsa-da, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi
qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar
edi. Qishloq xo’jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining
asosini tashkil etadi. Ular qish-loq xo’jaligini iqtisodiyotning yagona unumli
sohasi deb hisob-ladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo’jaligida
yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsim-lanadi, xolos.
Shunga ko’ra fiziokratlar tadqiqotni muomala soha-sidan ishlab chiqarish
sohasiga olib o’tdilar va bu bilan kapi-talistik tizimning keyingi tahlili uchun
asos yaratdilar.