8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
siyosiy anatomiyasi» (1672 y), «Siyosiy arifmetika» (1683 y)
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
siyosiy anatomiyasi» (1672 y), «Siyosiy arifmetika» (1683 y) va boshqa asarlarni
yozdi. U.Petti dastlab o’z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g’oyasini va sanoatni rag’batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladi. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot ob’ektini o’zgartirdi va asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi. Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo’yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning eri, uylar, kemalar, tovarlar va xatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo’yicha o’z fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning otasi, er esa uning onasi» degan iborani ishlatdi. Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi etmagan o’g’rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratili-shini bildiradi, ya’ni xo’jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazi-fasini inkor etadi. U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday xatti-harakati, uning fikri bo’yicha, mamlakatga chetdan to-var keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikr-lari bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanli-gini ko’rsatdi va muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori to’g’ri-sidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki tushunganligi aniq ko’rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi, haqiqatdan ham, «pul o’z-o’zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko’rsat-di, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan keyingi boshqa klas-sik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so’zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul bozorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funktsiyasini inkor etdi. Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to’g’ri tanqidlari bilan birga, U.Pettining bu borada noto’g’ri tushunchalari ham bo’lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogar-larni davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug’ullanuvchi «o’yinchilar»ga o’xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarni nazarda tutadi. Qiymat nazariyasi. U.Pettining merkantilistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yo’llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymati-ning yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi deb tan olinishiga sabab bo’ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiy-mati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisobla-nadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va er ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o’zi ayt-ganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir er miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi – kema ham, kamzul ham – er va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi. Daromadlar nazariyasi. Ishchilarning daromadlari, pul kapi-tali va er egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ish-chining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko’payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga ko’rsatilgan minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa, u chog’da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi. bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqot-larining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan bog’lab tushun-tirganlar. Tadbirkorlar va er egalari daromadlari U.Petti o’zi umum-lashtirgan tushuncha – “renta” sifatida tavsiflanadi. U, masalan, dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o’rtasidagi farqni renta deb atagan (ya’ni tuproq unumdorligiga bog’liq bo’lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda foizining kelib chiqish mohiyatini ko’rib chiqqach, U.Petti soddalashtirib, bu ko’rsatkich “ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi mumkin bo’lgan muayyan er maydonidan olinadigan rentaga teng”, deb atadi. Yana bir joyda er uchastkasining bozorga uzoq-yaqin joylashi-shidan kelib chiqadigan renta shakli ko’rsatib beriladi. Aholi yashash joylariga yaqin joylashgan er uchastkalaridan nafaqat yuqo-ri renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday unumdor, lekin aholi turarjoylaridan ancha uzoq bo’lgan erlarga nisbatan ko’p bo’ladi. Shu bilan U.Petti er bahosini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan muammoni echib berishga uringan. Lekin bu erda ham olim mazkur muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, erning bahosi bir yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni erning bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan sonni topa olmadi. Bu savolni echish uchun U.Petti rentani 21 yilga ko’paytirishni tavsiya etadi. Negaki, uning tasdiqlashicha, faqat uch avlod vakillari: buva (50 yosh), o’g’il (28 yosh) va nevara (7 yosh) - birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. Shu-ning uchun muayyan er uchastkasining qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi o’sha uch avlod kishilarining birgalikda yashash yiliga teng bo’lishi kerak. Shu sababli erning qiymati ham taxminan shuncha miqdordagi yillik rentalarning summasiga teng. Shu bilan birga, uning er bahosini aniqlashdan kelib chiqa-digan ssuda kapitali bilan erdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy fikrlarning rivoj-lanishida ijobiy rol o’ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist er uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta er egasi o’z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o’sha summadan ko’pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi bo’lgan kapitalistga birda-niga juda ko’p er uchastkalari taklif qilinadi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling