xo’jaligi to’g’risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik er egalari bilan
bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabat-
lari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo’jaligiga tavsif beradi. Uning
fikricha, qullar erni yaxshi ishlatmaydilar, erdan yuqori hosil olish uchun
qayg’urmaydilar. Kolumella urug’ni sepishdan boshlab to hosilni yig’ib olishgacha
bo’lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o’g’rilik
qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida
noto’g’ri ko’rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan ko’ra erkin mayda ishlab
chiqaruvchilar mehna-tining afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha
erni ishlamaslikka intilishini ko’rgan Kolumella, bunday er-larni erkin kolonlarga
bo’lib berish, mayda tovar ishlab chiqa-rishga o’tish zarurligi to’g’risida fikr
yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi, Kolumellaning ishlab chiqarishni
rivojlantirish savollarini nisbatan to’g’ri tushunganligidan dalolat beradi.
Respublika davridagi Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri
erga bo’lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiy-lar qo’lida to’planishi va italiyalik
ko’pchilik dehqonlarning er-dan mahrum bo’lishi hisoblanadi. Xonavayron
bo’lgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153–
Do'stlaringiz bilan baham: |