121 y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Patritsiylarning er mulkini cheklash va
agrar masalalarni echish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133 yilda. qonun qabul
qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning
haydaladigan eridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan.
Bundan tashqari, bir oila 1000 yugerdan ziyod erga egalik qilishi man etilgan.
Barcha ortiqcha erlar davlat ixtiyorida bo’lgan va erga muxtojlarga avlodlariga
qoldirish va uncha ko’p bo’lmagan soliq to’lash sharti bilan 30 yugerdan bo’lib
berilgan.Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o’n
minglab dehqonlar er olishga muvaffaq bo’ldilar. Tiberiy Grakx ataylab
o’ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga er
berish qaytadan bosh-landi hamda shaharlik kambag’allarga davlat xazinasidan
past bahoda don sotish to’g’risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti
mayda dehqon er egaligi mavqeini kuchaytirish va aholi kambag’allashuvining
oldini olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo’ldi va hatto Gay
Grakx o’limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni er bilan ta’minlash
to’g’risidagi qonunni bekor qila olmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |