Real suyuq aralashmalarda to’g’ri chiziqlar qavariq (musbat chetlanishda) chiziq va botiq (manfiy chetlanishda) chiziq bilan almashinadi. - Real suyuq aralashmalarda to’g’ri chiziqlar qavariq (musbat chetlanishda) chiziq va botiq (manfiy chetlanishda) chiziq bilan almashinadi.
- Manfiy chetlanishda komponentlar va aralashma bug’ bosimlarining egrilari ideal eritmalarning to’g’ri chiziqlaridan pastda bo’ladi. Manfiy chetlanish har xil molekulalar orasidagi tortishish kuchi bir xil molekulalar orasidagi tortishish kuchidan katta bo’lganda kuzatiladi:
- Bu eritmalarda komponentlarning bug’lanish issiqligi toza suyuqliklarning bug’lanish issiqligiga qaraganda ko’p, to’yingan bug’ bosimi ideal eritmalarnikidan kam bo’ladi.
- SHunday qilib, real eritmalarda issiqlik ajralib chiqishi A va B molekulalar orasida ta’sirlashuv borligini, uning natijasida
- A+B=AB
- hosil bo’lganini (ya’ni zarrachalar yiriklashadi, assotsiatsiyalanadi), AB мoddaning suyuqlikdan bug’ga o’tishi A va B ga nisbatan qiyinroq bo’lishini ko’rsatadi.
- Musbat chetlanishda komponentlar va aralashmaning bug’ bosimlari egrisi ideal eritmaning to’g’ri chizig’idan yuqorida o’tadi
-
- bo’lganda kuzatiladi ya’ni ikkita toza komponent molekulalari orasidagi tortishish kuchi har xil molekulalar (A-B) orasidagi tortishish kuchidan kuchliroq bo’lgan suyuq aralashmalarda kuzatiladi.
- Masalan: spirt-benzol sistemasida spirt assotsilangan molekulalardan tashkil topgan
-
- Assotsilangan spirt molekulalari benzol molekulalari ta’sirida dissotsiatsiyalanadi. SHu sababli bug’ bosimi ortadi va diagrammada qavariq chiziq hosil bo’ladi.
- Musbat chetlanish bilan hosil bo’ladigan eritmalarda issiqlik yutiladi, bu esa o’z navbatida bug’lanishni osonlashtiradi. SHu sababli sistema ustidagi bug’ bosimi Raul qonuni bo’yicha hisoblangandan ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |