8-mavzu. Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari Kiritish qurilmalari


Download 194.52 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi194.52 Kb.
#1519051
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Monoxromli monitorlar Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o`tkazish qobiliyatiga ega, «qo`l rangni» o`nlab tuslarini aks etgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. SHuning uchun ko`plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko`radilar. Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko`proq ishlatiladi: • bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks ettirishda yuqori o`tkazish qobiliyatini ta`minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo`ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi; • kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma`lumotlarni yaxshi sifat bilan aks etgirishni ta`minlaydi (lekin, tabiiyki, ko`proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).
Rangli monitorlar Hamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536 tagacha rangli tuslarni - High Color standarti) va shuning o`zi hamma gapni aytib turibdi. Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi: - kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta`minlaydi, lekin ancha past o`tkazish qobiliyatiga egadir; - rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o`tkazish qobiliyatiga ega bo`lgan eng yuqori sifatlidir (RGB - qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o`zining simi ishlatiladi, kompozitlida esa - uchala rang signali bitta sim bo`ylab boradi); - RGB-monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi. Uch tipdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Grafics System) keng qo`llaniladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi e`tiborga loyiqdir. Hozirgi vaqtda qo`llanilayotgan nimranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan eng katta o`tkazish qobiliyatiga «paper white» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar ega (ko`pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o`tkazish qobiliyati 1600x 1200 pikseldan ortadi.
Monitorlarning ergonomikligi Monitorning ergonomikligi o`lchamlar, og`irlik, dizayn kabi tavsiflarning muvaffaqiyatli tanlanganligi bilan ham, monitorning inson salomatligi uchun zararsizligi bilan ham belgilanadi. Elektromagnit nurlanishlar va elektrostatik maydonning inson organizniga ta`siri quyida himoya filtrlarini ko`rib chiqishda to`liq bayon qilingan. Bu erda shuni ta`kidlash joizki, yuqori chastotali radionurlanish kattaligi monitorni yoyish chastotasi ortishi bilan kattalashadi, lekin yaxshi ekranlashtirishda sezilarli kamayadi; elektrostatik maydon uchun birinchi bog`liqlik ahamiyatga ega emas. Hozirda asosan LR tipidagi (Low Radiation) past darajadagi nurlanishli, ba`zi birlari esa elektrostatik maydondan ekranni himoyalovchi monitorlar (AS - Anti Static tipidagi monitorlar) ishlab chiqarilmaydi, lekin ular o`lchash va testlash bo`yicha SHveciya milliy kengashi tomonidan ishlab chiqilgan MPR standarti Specifikaciyalarini kanoatlantirishi lozim. Birinchi MPR I Specifikaciyasi asosan elektromagnit maydon uchun: 1-400 kGc oraliqdagi chastota uchun me`yorlarni o`rnatdi, ikkinchi MPR II elektrostatik maydon uchun ham kengaytirildi, lekin unda elektromagnit maydon uchun ham jiddiy qattiq me`yorlar o`rnatilgan; hozir MPR II hamma yuqori sifatli xonadon monitorlari uchun de facto (amaldagi) standarti bo`lib qoldi. Professional monitorlar uchun yanada talabchanroq xalqaro ikkita TSO 92 va TSO 95 standartlari mavjud, ular turli xil nurlanishlar va maydonlarning ruxsat etilgan kattaliklarini ham, monitorning elektr ta`minotini boshqarish rejimlarini -ham belgilaydi. Energiyani tejash tizimiga G tipidagi (Green) monitorlar egadir. Ular DPMS (Display Power Managment Signaling) Specifikaciyalarini kanoatlantirishi lozim, u monitorni aktiv ishlashdan chiqarish usulini bosqichlar bo`yicha ta`riflaydi: • on (ish rejimi - 100-200 Vt); • standy (kutish rejimi - energiyani istemol qilish 30 Vt dan ortiq emas); • suspend (ishni to`xtatish - 8 Vt dan ortiq emas); • off (uzish). Monitorlarning boshqarish tavsiflari ichida quyidagilarni ta`kidlash kerak: • tekis (15 dyuym va undan yuqori diagonalli monitorlarning ba`zi bir modellarida) yoki qabariq ekranning (birinchi variant afzalroq: tasvirni katta to`g`ri to`rtburchakligi, kichik aks etgan shu`lalar) borligi; Monitorlarning ba`zi bir modellarining ekranlari maxsus aks etgan shu`lalarga qarshi qoplamaga ega; • VESA Specifikaciyasi hisobiga monitorlarda apparat yo`li bilan DDC (Display Data Channel) uzatish kanaliga amalga oshiriladigan Plug&Play standartini ta`minlash. DDC monitor - adapter teskari aloqasi kanali hisoblanadi: u bo`yicha monitor o`zining markasi, kompaniya ishlab chiqaruvchi, seriyali nomeri, o`zi ishlay oladigan chastotalar va rejimlarni «xabar» qiladi. Bu ma`lumotlar bo`yicha monitor ishining optimal rejimi avtomatik tanlanadi. Hozirgi vaqtda ko`p sonli firmalar katta miqdordagi turli monitorlarni taklif etmoqdalar, lekin ularning turlarini rasm qiluvchilari Samsung, Daewoo va Sony firmalaridir (diagrammaga qarang), lekin haqiqatda keyingi yillarda Gold Star (LG Electronics) va View Sonic firmalari yaxshi monitorlarni etkazib bermoqda.

Download 194.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling