8-mavzu. Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari Kiritish qurilmalari
Download 194.52 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Passiv akustik tizimlar
- MIKROFON VA OVOZ KUCHAYTIRGICH
- Komp`yuterni maxsus komponentlar to`plami yordamida takomillashtirish (Upqrade Kits).
AKUSTIK TIZIMLAR
Akustik tizimlar (kolonkalar) multimedia tizimining majburiy bo`lmagan, lekin borligi ma`qo`l bo`lgan tashkil etuvchisidir, ularni ishlatganda tovushli axborotni qabul qilish birmuncha yaxshilanadi. Kompyuterli akustik tizimlar, odatda, maxsus Hi-Fi tizimlaridan pastroqdir, lekin eshitib ko`rish sifati ularda etarlicha yaxshidir. Akustik tizimlar passiv va aktiv bo`ladi. Passiv akustik tizimlar sozlangan kuchaytirgichga (odatda 4 vattli, har bir kanalga 2 vattdan) va yaxshi eshitilishli rostlagichga ega bo`lgan tovush platalariga ulanishi mumkin. Aktiv akustik tizimlar kuchaytirgich bilan jixozlangan va tovush platasining chiziqli chiqishiga ham, uning kuchaytirgichining chiqishiga ham ulanishi mumkin. Kolonkaga sozlangan kuchaytirgich uchun tok manbai ichki akkumulyator yoki ta`minot bloki bo`lishi mumkin, ular o`z navbatida ham ichki, ham tashqi bo`lishi mumkin. Yaxshi eshitilishli rostlagichdan tashqari, aktiv kolonkalar, odatda, 3 qutbli ekvalayzerga egadir. Shuni hisobga olish kerakki, tovush platasining chiziqli chiqishiga maishiy audiokompleks kuchaytirgichining chiziqdi kirishi ulanishi mumkin. MIKROFON VA OVOZ KUCHAYTIRGICH Agar biz audioadapter urnatgan bulsak, tabiiyki unga ovoz kuchaytirgichni kalonkalarini ulash kerak. Ovoz kalonkalarini 2 xil turi mavjud: passiv va faol . Ularning asosiy farki shundaki , passiv kalonkalarda kuchaytirgich bulmaydi va audioadapterning chikish kuchlanishi kalonkalar ovoz kuchaytirgichiga modifikaciyasiz keladi. Standart xolatda ishlash uchun bunday kalonkalar yaraydi. Ayni xolatda ovozni sozlash uchun yoki audioadapterda tugridan tugri urnatish yoki damsturiy vosita yordamida foydalaniladi. Faol kalonkalarda audioadapterdan keluvchi signal ichki uz kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi. Passiv kalonkalar uchun ovoz kuchaytirgichlarning kuvvati audioadapterning kuchaytirgich kuvvati ,ilan belgilanadi. Audioadapterda ovoz, musiqa yoki shovqin yozish uchun (MPC standarti talabi bo`yicha) mikrafonni ulash nazarda tutilgan . Komp`yuterni maxsus komponentlar to`plami yordamida takomillashtirish (Upqrade Kits). Multimediada foydalanadigan komp`yuter tizimini takomillashtirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud? Bu quyidagilarga bog`lik. Birinchidan, biz qanday multimedia ilovalari bilan ishlamoqchimiz, Ikkinchidan bizda qanday texnik qurilmalar mavjud va nixoyat, biz qanday moliyaviy mablag`ga egamiz? Agar biz videotasvirni raqamli shaklda qayta o`zgartirmoqchi va so`ng taxrir qilmoqchi bo`lsak, u holda Video Orerlay adapterni urnatishimiz va cho`ntagimizni yaxshiroq kavlashga tug`ri keladi. Albatta biz har bir aloxida komponentning sifatiga e`tibor berishimiz kerak. Download 194.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling