8-mavzu. Mahsulot va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish Reja


Download 26.62 Kb.
bet1/7
Sana01.05.2023
Hajmi26.62 Kb.
#1418077
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketingda mahsulot va xizmatlar


8-mavzu. Mahsulot va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish
Reja
8.1. Narx tushunchasi, uning turlari, talabga taʻsir etuvchi omillar
8.2.Bozor konʻyunkturasi haqida tushuncha
8.3.Bozor konʻyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish koʻrsatkichlari hamda baholash uslublari
8.4. Konʻyunkturani prognoz qilish
8.5. Bozor konʻyunkturasini prognoz qilish uslublari


8.1. Narx tushunchasi, uning turlari, talabga taʻsir etuvchi omillar

Talab – bu xarid quvvatiga ega boʻlgan ehtiyojdir. Aniq toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan ehtiyojning tovar taʻminotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga boʻlinadi.


Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi boʻlib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi boʻlib, u bozorda isteʻmolchilar uchun zarur boʻlgan tovarlarni yoʻqligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi.
Isteʻmol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bogʻliq boʻlmagan omillar taʻsir qiladi.
Narxga bogʻliq boʻlgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga boʻlgan narxlar kiradi.
Narxga bogʻliq boʻlmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir – biriga oʻxshagan tovarlarning narxlari, isteʻmolchilarni hohish va istaklari kiradi.
Talab hajmini narx darajasiga bogʻliqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi.
Uning asosida uchta sabab yotadi:

  • Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi;

  • Narxning pasayishi isteʻmolchilarni toʻlov qobiliyatini kengayishiga olib keladi;

  • Bozorning toʻldirilishi esa, qoʻshimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini pasayishiga sabab boʻladi.

Talab hajmini narx darajasiga bogʻliq holda oʻzgarishi talabning narx boʻyicha elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy oʻzgarishini(foizlarda ifodalanadi) narxning 1 foizga oʻzgarishi natijasida yuzaga keladi.
Korxona oʻzining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor talabini tadqiq etishdan boshlaydi.
Bozor talabi – bu maʻlum guruhdagi xaridorlar tomonidan, maʻlum hududda, muayyan davrda, maʻlum marketing dasturiga ega boʻlgan savdo korxonalari tomonidan sotib olinadigan, maʻlum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi.
Bozor talabi natural, qiymat koʻrsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda ifodalanishi mumkin.
Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari boʻyicha aniqlash mumkin.
Talabni oʻlchashni asosiy tushunchalari quyidagi 7.1-rasmda keltirilmoqda.




Bozor

Korxona

Talab

Bozor talabi

Korxona tovarlariga boʻlgan talab

Potensial

Bozor sigʻimi

Korxonaning potensial hajmi

Prognoz

Bozor prognozi

Korxonaning sotuv prognozi




Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling