8-mavzu. Mahsulot va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish Reja


Bozor konʻyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish koʻrsatkichlari hamda baholash uslublari


Download 26.62 Kb.
bet3/7
Sana01.05.2023
Hajmi26.62 Kb.
#1418077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketingda mahsulot va xizmatlar

8.3.Bozor konʻyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish koʻrsatkichlari hamda baholash uslublari

Konʻyunktura tahlili oʻz ichiga ishlab chiqarish va isteʻmolning hajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining oʻrnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning oʻzgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining oʻrganishni oladi. Bozor konyuʻnkturasini muntazam ravishda oʻrganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor konʻyunkturasi qaysi tovar chiqarishni koʻpaytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq maʻlumotlar beradi. Bu maʻlumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor konʻyunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki boʻzilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga koʻra bozor konʻyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay boʻlishi mumkin.


Bozor konʻyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bogʻliqdir, narx- navoga, modaning oʻzgarishiga qarab har xil boʻladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qoʻshimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi oʻzgarishlar yoʻnalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi oʻrganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga boʻlgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yoʻnalishiga qarab, shuningdek aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan taʻminlanishini darajasini hisobga olib talab oʻrganiladi.
Uzoq muddatli oʻsish imkoniyalarini aniqlash va konʻyunktura tahlili bir -biri bilan bogʻliq va u bir-birini toʻldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun toʻplangan maʻlumotlarni 3 ta guruhga boʻlinadi:
-oʻtgan davr konʻyunktura maʻlumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr konʻyunktura maʻlumotlari;
-kelgusidagi konʻyunkturaga taʻsir etuvchi maʻlumotlar.
Konʻyunkturani tahlil qilish shakli boʻlib, konʻyunktura sharhi boʻlib hisoblanadi.
Konʻyunkturani tahlil qilish savollariga oʻtishdan avval konʻyunkturani koʻrsatkichlar tizimini koʻrib chiqish darkor.
Koʻrsatkichlar shartli ravishda makro va mikro koʻrsatkichlarga boʻlinadi. Makroqoʻrsatkichlarga - umumxoʻjalik konʻyunkturasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, tovar aylanma koʻrsatkichlari, pul muomalasi koʻrsatkichlari, isteʻmol koʻrsatkichlar kiradi. Mikroqoʻrsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi koʻrsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, mahsulot sotilishi va isteʻmoli, narx dinamikasi va h.k.
Umumxoʻjalik konʻyunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga koʻra ikkita yoʻl olib borish mumkin:

  1. Agar maʻlum bir vaqtning ichida konʻyunkturaning rivojlanish tendensiyalari va surʻatlarini bilib olish masalasi qoʻyilgan boʻlsa, u holda konʻyunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini oʻrganish yoʻli bilan olib boriladi,

  2. Agar eng oxirgi sanaga konʻyunktura holatini aniqlash masalasi qoʻyilgan boʻlsa, u holda iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yoʻli bilan olib boriladi. SHuni eʻtiborga olish kerakki, konʻyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash oʻzora bogʻliq va bir - birini toʻldiradi.

Konʻyunktura tahlili jamiyatning xoʻjalik xyotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiklaydigan oʻzboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik maʻlumotlarga endoshib emas,balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yigʻindisiga endashish kerak.Konʻyunktura tahlilining shakli bu konʻyunktura sharhi va maʻlumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,isteʻmolchilar doirasi tezroq yoki sekinroq konʻyunkturani oʻzgarishini aks ettiradi.
Baʻzi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,kurilish belgilangan isteʻmolchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi boʻyicha ishlaydilar.Boshqalar esa, yaʻni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda nomaʻlum isteʻmolchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki oʻz ishi natijasida ishlab chiqarish konʻyunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq koʻrsatkichi boʻlib hisoblanmaydi. CHunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yoʻqligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy siklning dinamikasidan rad etadi.

Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling