8-mavzu. Mahsulot va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish Reja
Bozor konʻyunkturasini prognoz qilish uslublari
Download 26.62 Kb.
|
marketingda mahsulot va xizmatlar
8.5. Bozor konʻyunkturasini prognoz qilish uslublari
Umuman bashoratni aniqlash maʻlum obʻektning boʻlajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar eʻtiborga olinishi shart: 1.Kelajakda bozor konʻyunkturasiga taʻsir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish. 2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin boʻlishi. 3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli boʻlishi. 4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi. 5.Bozor konʻyunkturasi istiqboli oʻz vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qoʻllaniladi. Bozor konʻyunkturasini iqtisodiy tenglikka yoʻlikmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi. Bozor konʻyunkturasini prognoz qilish uslublarini 4 ta katta sinfga boʻlishimiz mumkin. 1. Faktografik uslublar. Bu prognoz qilishning shunday uslubiki, unda oʻtgan davrda boʻlib oʻtgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu maʻlumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor konʻyunkturasini prognoz qilishning faktografik uslublari oʻz navbatida 3 turga boʻlinadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yigʻindisidan iborat boʻlib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlangʻich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar boʻlib, ular ikki va undan ortiq oʻzgaruvchan prognoz qilish obʻektlarining oʻzaro aloqalarini tadqiq qilishda qoʻllaniladi. Uchinchi turi mazkur obʻektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga oʻxshash obʻektlarning rivojlanish qonuniyatlari boʻyicha tadqiq qilishga asoslanadi. 2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Prognoz qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni oʻz ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda prognoz qilish obʻektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi oʻzgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga prognoz qilish obʻektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. Bozor konʻyunkturasini prognoz qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qoʻllaniladi. 3. Ekstropolyasiya uslubi. Ekstropolyasiya uslublari bozor konʻyunkturasining turli koʻrsatkichlari va xususiyatlarini prognoz qilishda qoʻllaniladi. Ekstropolyasiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, yaʻni bu holda ekstropolyasiya prognoz qilish amalga oshirilayotgan obʻektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi. Ekstropolyasiyaning bozor tadqiqotlarida qoʻllaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan oʻzgarishning asosiy yoʻnalishlarini koʻrsatadi. 4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor konʻyunkturasining turli koʻrsatkichlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor konʻyunkturasini prognoz qilishda keng qoʻllaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga taʻsir koʻrsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga taʻsir koʻrsatuvchi omillar, isteʻmolchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga taʻsir qiluvchi omillar oʻrtasidagi va boshqa jarayonlar oʻzgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda prognoz qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyasion va regression modellashdir. Bozor konʻyunkturasini tahlil va prognoz qilish natijalari firmaning biznes - reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qoʻllaniladi. Download 26.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling