8-mavzu. Ma’lumotlar bazasida tashqi bog’lanish va birlashmalar. Reja


Fayl - server (FS - modeli) Klient – server


Download 281.5 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi281.5 Kb.
#1020301
1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу

Fayl - server (FS - modeli) Klient – server

3.5 - rasm. «Fayl-server» va «klient-server» texnologiyalari.


Predmet sohani tavsiflash usullari


Axborot tizimlarni ishlab chiqishdan asosiy maqsad qisqa vaqt ichida foydalanuvchilar uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni chiqarib berishdan iborat. MB li axborot tizimlarni yaratish tizimli programma ta’minotini yaratishni usullaridan biridir.
Hozirgi kunda axborot tizimlarni loyihalash xilma–xil usullari mavjud. Umuman olganda, axborot tizimni programma ta’minotini yaratish iterativ xarakterga ega. Axborot tizimlarni loyihalashni asosiy bosqichlari va ular orasidagi bog’lanish quyidagi chizmada keltirilgan:



3.1-rasm. Namunaviy predmet soha tasvirlanishi
PS – predmet soha; ILM – infologik model; DLM – datalogik model; FM – ma’lumotlarni fizik modeli; AT – axborot tizimi;
AT loyihalashni 1 – bosqichida predmet sohasida mantiqiy axborot tuzilmasini quramiz. U PSni va faydalanuvchini talablarini o’zida mujassamlashtiradi. Bunda biz aniq MBBTga bog’lanmagan ravishda bu ishlarni bajaramiz, ya’ni PSni axborot-mantiqiy tavsifi bajariladi. Bu bosqich infologik model qurish bosqichi deb ataladi. MBBT vositasi yordamida ma’lumotlarni mantiqiy bog’lanishlarini tashkil qilish MBning datalogik modelini bildiradi. Bu model yordamida ma’lumotlar elementlari orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni aks ettiradi. DLMni ma’lumotlarni saqlash muhiti bilan bog’laydigan bosqich ma’lumotlarni fizik modeli deyiladi.
Zamonaviy MBBTlari datalogik bosqichda xilma – xil MB bilan ishlashni ta’minlaydi. Hozirgi kunda eng ko’p o’rganilgan va keng ishlatiladigan ma’lumot modellari kiradi. Ma’lumot modeli, bu MBni ma’lumot elementlari to’plami orasidagi bog’lanish strukturalarini tasvirlovchi umumiy sxemadir. Ma’lumot modeli tushunchasini aniq ta’rifini Kodd bergan. U ma’lumot modelini 3 ta kerakli komponentasini keltirgan:

  1. Mavjud bo’lgan ma’lumot strukturalarini aniqlash vositalari majmuasi;

  2. Ma’lumotlarni qidirish va takomillashtirish uchun MB xolatiga qo’llaniladigan amallar to’plami.

  3. Oshkor yoki oshkormas holda MB holatini aniqlovchi va bir butunligini ti’minlovchi vositalar to’plami.

Har bir MB u yoki bu model asosida yoritiladi. Har bir MBBT esa u yoki bu ma’lumot modelini ta’minlaydi deyiladi. Masalan, INES ierarxik ma’lumot modeliga asoslangan tizimidir. Tarmoqli modellarda esa – BANK OS , SETOR, relyatsion modelga asoslangan tizimlar – Access, KARAT va boshqalar.
Hozirgi kunda PSni tavsiflash uchun ko’p usullar mavjud. SHulardan biri ob’ekt-aloqa usulidir. Bu usulni ba’zan Ulman – CHen usuli ham deyiladi. Ushbu model Peter CHen tomonidan 1976 yili taklif etilgan. «Mohiyat-aloqa» modeli ER-model (inglizchadan – «entity-relationship») deb ham ataladi. U cheklangan sondagi turli jinsli komponentlardan tashkil topuvchi grafik diagrammalardan iborat. P.CHen ma’lumotlar tuzilmalarini mohiyatlar jamlanmasi va ular orasidagi aloqalar to’plami sifatida ifodalashni taklif qilgan. CHen hamda Xammer va Mak-Leodning ishlanmalari ER-model yoki «mohiyat-aloqa» modelining ishlab chiqilishiga asos bo’lgan. ER-modelning asosiy komponentlari mohiyat, aloqa va atributlar hisoblanadi.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling