8-mavzu. Ma’lumotlar bazasida tashqi bog’lanish va birlashmalar. Reja


Download 281.5 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi281.5 Kb.
#1020301
1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу

Mohiyat – bu xohlagan bir haqiqiy yoki tasavvurdagi ob’ekt bo’lib, MBda mazkur ob’ekt to’g’risida axborot saqlanishi zarur bo’ladi. Odatda, ER-model diagrammalarida mohiyat, ichki qismiga mohiyat nomi yozib qo’yilgan to’g’ri to’rtburchak shaklida ifodalanadi. Mohiyat aniq mazmun kasb etuvchi nomlanishga ega bo’lishi hamda mohiyat nomi ot so’z turkumida, birlik sonda belgilanishi zarur. Mohiyat tipi va mohiyat nusxasi (ekzempelyari) tushunchalarini chalkashtirib yubormaslik zarur. Mohiyat nomi mohiyat nusxasi uchun emas, uning tipi uchun belgilanadi. Mohiyat nusxasi bir jinsli predmetlar, hodisalar, g’oyalar jamlanmasidagi aniq muayyan bir narsani bildiradi.
Misol uchun, «O’quvchi» mohiyat tipi rasmda ko’rsatilgani kabi tasvirlanadi. «O’quvchi» mohiyat tipining nomlanishi hisoblanadi, mazkur mohiyat nusxalari sifatida muayyan o’quvchilar – Botirov, Valiev, Po’latov va boshqalar bo’lishi mumkin. Mohiyat nusxasi tushunchasi relyatsion modeldagi kortej tushunchasi bilan taxminan mos keladi. SHu nuqtai nazardan, mohiyatning har bir nusxasi mazkur mohiyatning boshqa xohlagan bir nusxasidan farq qilishi zarur bo’ladi.
Aloqa – bu ikki va undan ortiq mohiyatlarning o’zaro birlashuvi (assotsiatsiyasi)dir. Grafik diagrammalarda aloqa ikki mohiyatni bog’lovchi chiziq sifatida ifodalanadi. Aloqa ko’pincha bir xil bo’lmagan ikki mohiyat orasida mavjud bo’ladi. Biron-bir mohiyatni o’z-o’zi bilan bog’lovchi aloqa ham mavjud bo’lishi mumkin va bu turdagi aloqa rekursiv aloqa deb nomlanadi.
«Mohiyat-aloqa» diagrammalarini ishlab chiqishning bir qancha andozaviy uslubiyatlari mavjud. Bu uslubiyatlar sifatida IDEF1X, IE, DM kabilarni ko’rsatish mumkin va ularning har birida mohiyat va aloqalarni tasvirlash uchun o’ziga xos belgilashlar qabul qilingan.
Umuman olganda, aloqaning har bir tugallanishiga aloqa ko’rsatkichi (1 yoki ko’p so’zini ifodalovchi simvol) qo’yiladi. Quyidagi xillardagi aloqa ko’rsatkichlari mavjud bo’lishi mumkin:

  • Birga-bir. A mohiyatning har bir nusxasiga V mohiyatning 0 yoki 1 ta nusxasi mos keladi.


  • Download 281.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling