8-mavzu. Mavzuli kartalarning klassifikatsiyasi reja


Download 97.7 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi97.7 Kb.
#1570715
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu.Mavzuli kartalar

1.Geologik kartalar

Geologik kartalar-asosan yirik masshtabli bevosita dalada yaratilgan kartalar asosida tuziladi.

Geologik kartalar geografik kartalarga o‘xshab,umumgeografik kartalarga va geologiya sohalari bo‘yicha tuzilgan kartalarga bo‘linib tasvirlanadi.

Geologik kartalarada ma’lum bir xududning geologik tuzilishi to‘g‘risida,geologik yoshi,petrografik tarkibi,tog‘ jinslarining joylashishi va tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.Geologik kartalarda shartli belgilarga qo‘shimcha harflar, raqamlar, indekslar chiziqlar yordamida boshqa ko‘rsatkichlar ham beriladi.Tektonik yoriqlar,uzilmalar,surilmalar esa chiziqli belgilar bilan tasvirlanadi.

Seysmik kartalarda belgilar usuli ishlatilib, zilzila epitsentrlarining o‘rni belgilar bilan,seysmik to‘lqinlarning tarqalishi va ularni rayonlashtirilishi izoliniyalar(teng chiziqlar) bilan tasvirlanadi.

Geologik kartalar

  • Sobiq ittifoqda yirik geologik-kartografik kartalar nashr qilingan bo‘lib,ularning miqyosi 1:2,5mln masshtabdagi Davlat geologik kartasi 1965 yilda va 1966 yilda 1:5mln.masshtabdagi tektonik kartalar chop etilgan.
  • O‘sha davrlarda O‘zbekistonning ham 1:1mln.masshtabli umumgeologik va tektonik kartalari nashr qilingan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 1:1mln.masshtabdagi o‘quv geologik kartalari tuzilgan

2.Iqlim kartalari.

Iqlim kartalari. Bu kartalar xududlarning iqlim ko‘rsatkichlari asosida ma’lum bir vaqt uchun kameral sharoitda tuzilgan va hududning iqlim xususiyatlarini kartografik usulda tasvirlovchi kartalar iqlim kartalari deyiladi.

Iqlim kartalari.

  • Hududlarning iqlim ko’rsatkichlari asosida ma’lum bir vaqt uchun kameral sharoitda tuzilgan va hududning iqlim xususiyatlarini kartografik usulda tasvirlovchi kartalar iqlim kartalari deyiladi.
  • Bunday kartalar iqlim va uning shakllanish qonuniyatlarini ko.rsatish maqsadida meteorologik manbalar asosida tuziladi. Iqlim kartalarining asosini kundalik va oylik ob-havo kartalari tashkil qiladi. Iqlim kartalar amalda qishloq xo.jaligi, aviatsiya va dengiz navigatsiyasi ishlarida, qurilishda va harbiy sohalarda ishlatiladi. Ular ham geografik kartalar sirasiga kiradi va mavzuli kartalar hisoblanadi. Iqlim kartalari teng chiziqlar usulida tasvirlanib, ular qiymatlari bir xil bo.lgan nuqtalarni tutashtiradi, masalan, izotermalar harorati issiq bo’lsa qizil chiziqlar, sovuq bo’lsa ko’k rangli chiziqlar bilan ko’rsatiladi.

Download 97.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling