8-mavzu. Mеnеjеr faоliyatini tashkil etish


Download 109.36 Kb.
bet22/23
Sana10.10.2023
Hajmi109.36 Kb.
#1696870
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
8-Mavzu

Suhbat chog‘ida:

  • suhbatdoshingiz o‘zini qay tartibda tanittirgan bo‘lsa shu tartibda Siz ham o‘zingizni tanittiring.

  • vazmin va opimizm ruhida bo‘ling;

  • o‘zingizni bemalol, erkin tuting;

  • albatta suhbtdoshingiz ko‘ziga qarang, aniq va ravon gapiring;

  • taklif qilingan taqdirda ham chekmang;

  • savollarga javob berishdan qochmang;

  • suhbatdoshingizning tashabbus ko‘rsatishiga imkon bering;

  • suhbatni muhim bo‘lgan mavzu tomonga buring;

  • murakkab javobdan o‘zingizni olib qochmang, ammo ko‘p so‘zli ham bo‘lmang.

Suhbatdan so‘ng:

  • e’tibor uchun suhbatdoshingizga minnatdorchilik bildiring;

  • taklif qilgan joyi, lavozimning ijobiy va salbiy tomonlarini obyektiv baholang;

  • beradigan savolingiz va javobingizni ham obyektiv baholang.

Shuni eda tutingki:



Sizning quyidagi fazilatlaringizga baho berishadi

Sizni quyidagilar qiziqtirishi lozim:

  • ishga bo‘lgan manfaatdorli-gingizga;

  • lavozimning nufuzi;

  • etukligingizga;

  • lavozimdagi o‘sish

  • malakangizga;

  • firma obro‘yi

  • munozarangizdagi mantiqqa;

  • ish haqi

  • ishtiyoqingiz va tashabbusingizga

  • lavozimdagi muammolar

  • tirishqoqligingizga

  • jamoadagi muhit

  • kirishmligingizga

Umuman biror lavozimga nomzod tanlashda eng muhim nomzodning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatini aniqlash mezoni-bubilimdir. Buning uchun rahbar quyidagi savollarga javob topishga harakat qilishi kerak:

1. Jamiyat ishiga sadoqati, etarli ma’naviy ma’rifiy, siyosiy tayyorgarligi bormi va o‘z jamoasida tarbiyaviy ishlar olib bora oladimi?
2. O’zi tayinlanayotgan lavozim uchun etarli nazariy tayyorgarligi bormi, iqtisodiy, huquqiy, texnikaviy bilim, umumiy ma’lumoti mos keladimi?
3. Shu sohada ishlab, etarli tajriba orttirganmi, qaysi lavozimlarda qancha muddat ishlagan, o‘z vazifasini muvaffaqiyatli bajarganmi?
4. Mehnatsevarli, o‘z ishiga vijdonan munosabatda bo‘ldimi, burch va mas’uliyatni chuqur his etdimi?
5. Odamlarga ta’sir qila oladimi, ahil va jipslashgan jamoani vujudga keltiradigan qanday qobiliyatlari bor?
6. Odamlar bilan ishlab keta oladimi?
7. Odamlarni tushuna oladimi, ishga va bir-biriga mos keladigan xodimlarni tanlashga qodirmi?
8. Serg‘ayratli, irodasi mustahkam, dadilligi, saboti va osoyishtaligi qanday?
9. Yangilikka qiziqadimi, ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarini qidirib topa oladimi, undan foydalanishda tashabbus ko‘rsata oladimi?
10. O’zi bilan bo‘ysinuvchi xodimlar o‘rtasida funksiya va mas’uliyatni to‘g‘ri taqsimlash qobiliyatiga egami?
11. O’zi intizomlimi, o‘ziga bo‘ysinuvchi xodimlarning intizomini saqlashga qodirmi?
12. xalollik, oddiylik, haqiqatgo‘ylik, kamtarlik, jasurlik kabi axloqiy fazilatlari etarlimi?
13. Laganbardorlikka, amalparastlikka moyillik ko‘rsatadimi?
14. Adolatlimi, odamlarga g‘amxo‘rlik qilishga qobiliyatlimi yoki ko‘proq o‘zi haqida o‘ylaydimi?
15. U bilan munosabatda bo‘lgan kishilarda qanday ta’surot qoldiradi, o‘zining xulqi va xushmuomalaligi, mehribonligi, sabr-toqati va o‘zini tutabilishi bilan odamlarning xayrihohligi va ishonchini qozonaoladimi yoki ortiqcha maxmadonoligi, qo‘rsligi, dag‘alligi bilan odamlarning jahlini chiqaradimi?
16. O’z ishini tashkil qilishga, kelgusi, istiqbolli masalalarga vaqt ajarataoladimi yoki faqat kundalik ishlar bilan band bo‘lib qoladimi?
17. O’z malakasini oshirish ustida qanchalik sabot bilan ishlaydi?
18. Sog‘lig‘i, jismoniy chiniqish, ish qobiliyati qanday?

Bu talablar juda keng va qattiq, albatta, ularga to‘liq javob beradigan odam kam topilsa kerak. Lekin mazkur nomzod o‘ziga yuklatiladigan vazifalarni muvoffaqiyatli bajarish uchun etarli fazilatlarga ega bo‘lmasa, yaxshisi uni shu lavozimga tayinlamaslik va uning o‘rniga boshqa mos keladigan nomzod topishdir.




Download 109.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling