8-mavzu. Mеnеjеr faоliyatini tashkil etish
Download 109.36 Kb.
|
8-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqingiz uslubini tanlar ekansiz, quyidagilargani esda tuting
- Shuni esda tutingki, tinglovchi quyidagilarga qarab Sizga baho beradi
Ayrim tavsiyalar:
Nutq ma’noli, burro, dona-dona, ta’sirchang bo‘lishligini unutmang; Nutq chog‘ida xatoga yo‘l qo‘ymang; Nutqingizda ko‘cha so‘zlarini qo‘llamang; Tinglovchilar diqqatini qozoning; Muhim fikrlarni takrorlang, ularga urg‘u bering va imo-ishora bilan tushuntiring; Nutqingizga haddan tashqari raqamlarni ko‘p ishlatmang; Tinglovchiga vaqt-vaqti bilan tanaffus bering; Psixologik tanaffus - bu eng oddiy va tajribada sinalgan uslubdir; Nutqingiz uslubini tanlar ekansiz, quyidagilargani esda tuting: xaddan tashqari baland lovozda nutq qilish, tinglovchilarga o‘z hukmni o‘tkazayapti degan ta’surotni qoldiradi; xaddan tashqari past ovozdagi nutq qabul qiluvchanlikni pasaytiradi va aks savollarni bo‘lishini talab qiladi; xaddan tashqiri imillab nutq qilish, vaqtni cho‘zayapti degan fikrni tug‘diradi; xaddan tashqari tez nutq qilish esa, Sizning auditoriyaga bo‘lgan hurmatsizligi degan ta’surotni qoldiradi; Shuni esda tutingki, tinglovchi quyidagilarga qarab Sizga baho beradi: Minbarda Siz o‘zingizni qanday tutayapsiz? Siz qanday gapirayapsiz? Siz qanday kiyingansiz? Gapirayotganingizni Siz qanchalik darajada bilasiz? Rahbar muzokaralarda ham o‘zini qanday tutishni bilmog‘i lozim. Muzokara - bu shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fikr almashishini anglatadi. Muzokora - bu maxsus faoliyat turi bo‘lib, o‘zining qonun-qoidalari va qonuniyatlariga ega. Bu jarayonda bir-birini o‘zaro boyitish, taraqqiy ettirish, , hamkorlikda muammolarni tahlil qilish kabilarga erishiladi. Muzokaralarni o‘tkazishdan maqsad o‘zaro manfaatli yechimlarni topish, keskin ko‘rinishdagi ixtiloflardan qochishdir. Shuni esda tutingki: muzokaradagi eng avvalo munozaraning mantiqiyligi evaziga erishiladi; sherigingiz yoki suhbatdoshingiz so‘zlaridagi mantiqqa e’tibor bering. Bilingki, u ham maxsus tayyorlanib kelgan; sherigingizning o‘z munozarasi jarayonida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini axtarib toping. Munozaralarning mantiqiy ketma-ketligini yoritishdagi uzilishni aniqlang. o‘zingizning mavqeyingizni kuchaytiruvchi dalillarni toping; muzokaralarni ishonchli darajada olib boring. Ammo o‘z fikringizni zo‘rlib o‘tkazmang. Sherigingizning “shoxini sindirish” umidida xarakat qiling fikringizni aniq va qisqa bayon eting. faol bo‘ling. Ammo “quduqni suv paydo bo‘lguncha kovlash lozimligini” unutmang. muzokara jarayonida turli holatlar ya’ni diqqatbozlik, taranglik. qovushmaslik, to‘sqinliklar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda realist, mavjud shart-sharoit, holatni to‘g‘ri hisobga olib ish ko‘ring. O’zingizni yo‘qotmang, muvaffaqiyat qozonish yo‘lini astoydil izlang; sherigingiz mavqeysini kuchaytiruvchi dalillarni a’lohida ajratmang. Muhim bo‘lmagan, arzimagan kelishmovchiliklarga diqqat bilan yondoshmang. tovardan ko‘ra g‘oya qimmatliroq ekanini unutmang. Download 109.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling