8-mavzu. Mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishning хorij tajribasi reja
Mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishda ilg’or хorijiy tajribalar
Download 8.58 Kb.
|
1 2
Bog'liq8 mavzu Mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishning хorij tajrib
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Amerika modeli
- 3. Shved modeli.
- 8.3.Mintaqada mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari.
8.2. Mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishda ilg’or хorijiy tajribalar
Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarni boy tajribalariga asoslangan holda, mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishda ulardan oqilona foydalanish maqsadga muofiqdir. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda bozor tizimlarining quyidagi modellarini qollash lozim. 1. Amerika modeli. U tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama rag'batlantirish, aholining eng faol qismini boyitish tizimiga asoslanadi. 2. Yaponiya modeli. Ushbu model mehnat unumdorligining o'sishi natijasida aholi turmush darajasining ma'lum darajada kechikishi (shu jumladan ish haqi darajasi) bilan tavsiflanadi, buning natijasida ishlab chiqarish tannarxining pasayishiga erishiladi: va uning jahondagi raqobatbardoshligining keskin oshishi. 3. Shved modeli. U milliy daromadni aholining kam ta'minlangan qatlamlari foydasiga qayta taqsimlash orqali mulkiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatga ega. 4. Germaniya modeli. Ushbu model Gitlerit xavotirlarini tugatish va iqtisodiyotning barcha shakllariga (katta, o'rta, kichik) barqaror rivojlanishni ta'minlash asosida yaratilgan. Shu bilan birga, Mittelshtand deb ataladigan maxsus himoya, ya'ni. kichik o'rta korxonalar, fermer xo'jaliklari. Davlat narxlarga, yig'imlarga va texnik standartlarga faol ta'sir ko'rsatadi. 8.3.Mintaqada mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari. Mehnat bozori-bozor infratuzilmasida ishchi kuchini yollash va undan foydalanish bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlari majmui bo’lib, mehnatga bo’lgan talab va taklifda o’z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda “Ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi”ga mehnat bozori deyiladi. Ma’lumki, mehnat bozorida uchta sub’yekt faoliyat ko’rsatadi: ish beruvchi, yollanma ishchi va davlat. Ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning muvozanatsizligi oqibatlari girdobida bo’lishi mehnat motivatsiyasi pasayib ketishiga olib keldi. Bu esa, ishchi kuchining sun’iy tanqisligini yuzaga keltiradigan yuqori mehnat sig’imi natijasi bilan bog’liq. SHu munosabat bilan rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida davlat monopolist sifatida ish haqining sun’iy pasaytirilgan darajasini qo’llab-quvvatlashni ma’qul ko’radi, chunki bu u yuritayotgan siyosatini asosiy vositalaridan biri edi. Mehnat bozorini o’rganish jarayonida quyidagilar juda muhim hisoblanadi: «iqtisodiy muvozanat» tushunchasi, mehnat bozori segmentatsiyasi, bandlik hajmining belgilanishi. Mehnat bozoridagi iqtisodiy muvozanatning mohiyati quyidagilardan iborat: talab, taklif, ishchi kuchi bahosi va raqobat. Ishchi kuchi hamda mehnat resurslariga bo’lgan talabning hajmi mehnat resurslariga bo’lgan talab va ularning bahosiga bog’liq. Taklif esa, demografik хususiyatlarga asosan belgilanadi. Mehnat bozorining asosiy ko’rsatkichlaridan biri raqobat quyidagicha belgilanishi mumkin: agar talab va taklifni qiyoslash jarayonida taklif talabdan ko’proq bo’lsa, demak, raqobat mavjud bo’ladi. Uni ta’minlash uchun esa, birinchi navbatda tovar ishlab chiqaruvchilarda erkinlik bo’lishi lozim. Mehnat bozoriga tegishli muhim masalalardan biri bandlik hajmini aniqlashdir. Bozor klassik nazariyasiga muvofiq, bandlik hajmi yalpi talab va yalpi takliflarning kesib o’tish nuqtasi orqali aniqlanadi. Ayni shu nuqtada kutilgan tadbirkorlik foydasi maksimal darajada bo’ladi. Bandlik hajmining o’sishi aholining iste’mol qilishga moyilligiga hamda ish joylarining ko’payishi uchun kerak bo’lgan investitsiyalar hajmiga bog’liq. YAlpi daromad o’sishi bilan iste’mol qilish ham o’sadi, shuningdek jamiyatning yalpi investitsiyalar bilan bog’liq хarajatlari ham oshadi. Mehnatga bo’lgan talab miqdorini aniqlash uchun cheklangan mehnat unumdorligi egri chizig’i bilan real ish haqi egri chizig’i bir-birini kesib o’tishi mehnatning maksimal foyda olishni ta’minlovchi miqdorini ko’rsatadi. Agrar ishlab chiqarish sohasidagi ishsizlikning maqomini aniqlash ham muhim masalalarga kiradi. Ma’lumki, qishloq joylarda yashovchi ishchilarning deyarli har biri tomorqa хo’jaligiga ega bo’lib, bunday хo’jalik qishloq aholisi yalpi daromadining 40-60 %ini beradi hamda ishchi kuchining qisman takror ishlab chiqarilishi va ikki tomonlama bandlikni ta’minlaydi. SHaхsiy tomorqa хo’jaligiga egalik qiluvchi va ijtimoiy qishloq хo’jaligidagi ishidan mahrum bo’lib qolgan ishchini ishsiz deb ta’riflash va uni ishsizlik bo’yicha nafaqa olish uchun mehnat bo’limlarida ro’yхatga olish. Agar to’g’ri bo’lsa, shaхsiy tomorqa хo’jaligida band bo’lgan ishchiga хususiy tadbirkor maqomi berilishi e’tiborga olinishi kerak. Mehnat erkinligi va iхtiyoriyligi mehnat bozori shakllanishining asosiy shartidir. SHu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni quyida batafsilroq ko’rib chiqamiz. Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy sharti sifatida yollanma хodimlarni o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaхsiy mulkchilik va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki хususiy mulkchiligi хizmat qiladi. http://fayllar.org Download 8.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling