8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha


 Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana30.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1733505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu

6. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi. 
Xo‘jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan har bir 
muomalaning buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi schyotlar guruhidan 
foydalaniladi:
o 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»; 
o 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»; 
o 2510-«Umumishlab chiqarish»; 
o 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak»;
o 3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi»;


o 3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi»;
o 3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari»;
o 8910-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervi». 
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha 
hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha 
guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi 
korxona va tashkilotlar foydalanadi: 
 mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari; 
 qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat, geologiya 
va loyiha qidiruv tashkilotlari; 
 xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari; 
 ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot 
korxonalari; 
 avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari. 
Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va 
xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab 
chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks 
ettiriladi. 
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks 
ettiriladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling