8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu
7. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish.
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. Yordamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi: - turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; - transport xizmatini ko‘rsatish; - asosiy vositalarni ta’mirlash; - instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish; - yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash. yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 2310-«yordamchi ishlab chiqarish» hisobvaraq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. 2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi: 0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga; 1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan material summasiga; 1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida; 2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida; 2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida; 3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida; 6710 - hisobvaraq - ishchilarga ish haqi hisoblanganida; 6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy suG‘urtaga va davlat maqsadli fondlariga ajratma hisoblanganida; 4730-hisobvaraq - moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida. yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi: - yukxatlar - omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdori ko‘rsatilgan holda; - ta’mirlangan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi - bajarilgan va topshirilgan ishlar hajmiga; - marshrut varaqalar - yuk avtomobillari tomonidan tashilgan yuk hajmiga. 2310-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi: 1010, 1070, 1090 - hisobvaraqlar ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va ishlab chiqarishdan qaytgan chiqitlar kirimga olinganida; 2610 - tuzatib bo‘lmaydigan brakning hisobdan chiqishi; 2810 - hisobvaraq - yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim qilinishi; 5910-hisobvaraq - kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi. 9110, 9130-hisobvaraqlar - chetga jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; 9210, 9220 - hisobvaraqlar - asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; 9410 - hisobvaraq - mahsulot sotishga ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatlarini hisobdan chiqarishga. Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari har bir sex bo‘yicha alohida tuziladigan 12- qaydnomada yuritiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling