8-mavzu: nutq texnikasi va notiqlik madaniyati
Download 24.9 Kb.
|
8-mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- -tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g’oyani);
8-MAVZU:NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATIO‘qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri ─ millat tilidir.Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining quyidagi uchta qonuniyati qizg’in takomillashtirilib, notiqning unga jiddiy e’tibor berishi talab qilingan:-tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g’oyani);-tinglovchining tafakkurini uyg’otish (fikrini, ongini, maqsadini);-tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur halovat va qoniqish hissini uyg’otish asosida).Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat bag’ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchlariga sadoqatli bo‘lishga, eng yaxshi insoniy fazilatlarga amal qilib, ularni doimo bajarishga, odob va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edilar.Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469 ─ 399 yillar) o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda savol-javob usulini joriy qilib, ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solgan.Yunonistonda notiqlik san’atining har tomonlama takomillashishi Demosfen (eramizdan avvalgi 384─322 yillar) nomi bilan uzviy bog’langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug’ma duduq bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg’in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan.Demosfenning notiqlik san’ati to‘g’risidagi g’oyalarini uning shogirdi Mark TSitseron (eramizdan avvalgi 106─43 yillar) davom ettiradi. Qadimgi Yunonistonda nutq mahorati, uni takomillashtirish yo‘llari, nazariyasi va tarixi bo‘yicha o‘z tajribalaridan kelib chiqib TSitseron bir nechta asarlar yaratdi.Download 24.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling