8-mavzu: nutq texnikasi va notiqlik madaniyati


Download 24.9 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi24.9 Kb.
#1548412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu (3)

Kvintilian (eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir tartibga keltirib, tabaqalashtirib, undan notiqlik san’ati sohasi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta ishlab chiqdi. U notiqlik san’atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artistlariga xos ovoz ritorikasiga qarshi edi.

Mamlakatimizda notiqlik san’atining rivojlanishi O‘rta Osiyo madaniyati tarixi bilan bog’liq bo‘lib, nutq madaniyati hamisha o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib kelgan. O‘rta Osiyoda notiqlik san’atining xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o‘sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Movarounnahrda notiqlik san’ati voizlik deb atalgan. Voizlik, ya’ni va’zxonlik «Qur’on»ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosini anglatgan. «Va’z» so‘zi arab tilidan pand- nasihat ma’nosini beradi. Va’z aytuvchi, nutq so‘zlovchi shaxs Voiz deb atalgan. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongiga, his tuyg’usiga ta’sir etish mahorati bo‘lib, qadimgi SHarqda hukmdorlar ushbu san’at namoyondalari xizmatini yuksak darajada qadrlaganlar.

Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to‘g’ri so‘zlash, to‘g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati cheksizligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...”

Unsurul Maoliy Kayqovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi SHarq pedagogikasining ajoyib namunalaridan biri hisoblangan «Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o‘quvchini yoqimli, muloyim, o‘rinli so‘zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi.


Download 24.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling