8-mavzu. Nutq uslublari Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1- topshiriq


Download 309.11 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi309.11 Kb.
#1588931
  1   2   3   4
Bog'liq
8-9- mavzu


8-mavzu. Nutq uslublari
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1- topshiriq. Matnni o‘qing. Badiiy uslubga xos gaplarni toping va ularning uslubiy xususiyatlarini tushuntiring.
Kitob haqida qiziqarli faktlar

— Imom al-Buxoriy 600000 hadis to‘plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni to‘plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida bo‘lib chiqqan.
— Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib oladilar.
— Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar.
— Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi.
— Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib o‘qish bo‘yicha eng uzoq davom etgan marafon 224 soat kechgan.
— Dunyodagi eng katta lug’at «Nemis lug’ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854 yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971 yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug’at 34519 betdan iborat.
— Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hamon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.
— Dunyodagi eng og’ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og’irligi 320 kilogrammdir.
— Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi.
— Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. 18-asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g’irlanmasligi uchun zanjirga bog’lab qo‘yilgan.
— Kitobni sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.
— Aksariyat o‘quvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni yo‘qotadilar.
— Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun eng qulay payt — 4-6 yoshlik paytidir. Bolani 7 yoshdan o‘qishga o‘rgatish biroz qiyin kechadi.

— Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Maykrosoft» asoschisi Bill Geyts 1994 yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
— Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972 yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.
— Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350 yili yozilgan.Ushbu qo‘lyozma uni 1839 yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan.Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.
— Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob — «Bu — Muhammad (s.a.v.)» deb nomlangan bo‘lib, og’irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat.Uni 9 oy davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi savdo markazida saqlanadi.


Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing va mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.
2. Matn yuzasidan savollar tuzing.
3. Matndan badiiy uslubga xos terminlarni aniqlang.
4. Matnda qanday badiiy vositalar qo‘llanilgan? Misollar keltiring.



Download 309.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling