8-mavzu. Nutq uslublari Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1- topshiriq
Download 309.11 Kb.
|
8-9- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- topshiriq.
- A bdulla Qodiriy
- 5-topshiriq.
2- topshiriq.“Adabiyot janrlari” bo‘yicha klasterni davom ettiring.
Adabiyot janrlari epik 3- topshiriq.“Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish. Quyida berilgan kalit so‘zlar yordamida matn yarating. Kalit so‘zlar: Pifagor, tenglik,matematik, kasr sonlar, uchburchak, teorema, katet, gipotenuza, kvadrat, bo‘lish, ko‘paytirish, qo‘shish, ayirish, tub sonlar. A bdulla Qodiriy Abdulla Qodiriy 1894 yilda Toshkent shahrida dehqon oilasida tug’ildi.U avval madrasada, keyin rus-tuzem maktabida o‘qidi. Adibning ilk ijodi 1913-1914 yillarda boshlangan bo‘lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratgan. Uning “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “To‘y”, “Fikr aylagil” (1914-1915) kabi she’rlari “Sadoi Turkiston” gazetasi va “Oina” jurnalida bosilgan. A.Qodiriy bu she’rlarida millatdoshlarini jaholat va hurofotga qarshi kurashga chaqirib, ma’rifatparvar shoir sifatida maydonga chiqqan. Bu yillarda u “Baxtsiz kuyov” (1915), “Hech kim bilmasin” kabi sahna asarlarini ham yozgan. Uning “Juvonboz” (1915), “Uloqda” (1916) kabi hikoyalarida o‘z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko‘rish istagi sezilib turadi. Adib dastlabki asarlarini turli taxalluslar ostida e’lon qilgan. Shu taxalluslardan biri va xalq o‘rtasida mashhur bo‘lgani Julqunboydir. 1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi. Moskvadan qaytib, “Mushtum” jurnalida ishlay boshladi. Qodiriy “Mushtum” jurnalining asoschilaridan sanaladi, u mazkur jurnal nashriyotida ancha yil mehnat qildi. Uning “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” va “Kalvak mahzumning xotira daftaridan” turkumidagi hajviy hikoyalari shu jurnalda ilk bor bosildi. 1925 yilda bosilib chiqqan Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani o‘zbek adabiyotidagi dastlabki yirik nasriy asarlaridan biridir. Asarda XIX asrning 1-yarmidagi xalqimiz hayoti aks etadi. 1928 yilda Qodiriyning yana bir romani “Mehrobdan chayon” nashr etildi. Muallif unda Turkistonning eng so‘nggi xonlaridan biri Xudoyorxon davri voqealarini aks ettirdi. 1934 yilga kelib, A.Qodiriy qishloq xo‘jalik mavzuiga bag’ishlanagan “Obid ketmon” qissasini yaratdi. Undan tashqari, u Gogolning “Uylanish” komediyasi va G’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Qodiriyning mazkur asarlari xalqimiz tomonidan hamon sevib o‘qib kelinadi.Ular asosida badiiy filmlar suratga olingan.Yoshlarimiz Qodiriyning Anvar, Ra’no, Otabek va Kumush kabi qahramonlariga o‘xshashni orzu qilishadi. Sevimli yozuvchimiz qatag’onga uchrab, 1939 yilda vafot etgan. Istiqlol yillarida adib xotirasi yanada e’zoz topdi. Endilikda Toshkent Davlat san’at instituti, metro bekati va boshqa ko‘plab muassasalar Qodiriy nomi bilan atalgan. Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 1.Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing. 2.Matn mazmunini gapirib bering. 3.Yozuvchining birorta asari qahramonini ta’riflab bering. 5-topshiriq. Badiiy asar tur va janrlari raqamlarini jadvalning javob raqamlar qismiga yozing. G’azal; 2) Komediya; 3) Ruboiy; 4) Qissa; 5) Fard; 6) Hikoya; 7) Tragediya; 8) Roman; 9) Qo‘g’irchoqbozlik; 10) Qasida; 11) Drama; 12) Ocherk Download 309.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling