8-mavzu. Nutq uslublari Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1- topshiriq
Download 309.11 Kb.
|
8-9- mavzu
2-topshiriq. Klaster usulidan foydalanib, ilmiy uslubning xususiyatlarini ochib bering.
3-topshiriq. Quyidagi so‘z, atama va so‘z birikmalarining qaysi uslubga xosligini aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lganlari ishtirokida gaplar tuzing. Xalq sayli, bo‘linmas fond, kirim, zarurat tufayli, taftish, so‘zga chiqdi, infrastruktura, mehnat bitimi, ko‘chmas mulk, topshirig’ingizga binoan, tebranish, hosila, sug’urta, zimmasiga yuklatish, elektromagnit, modellashtirish. 4-topshiriq. Inson miyasiga necha terabayt ma’lumot sig’adi?Ko‘pchilikka ma’lumki, odamlar o‘z miyasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmaydi. 10 foizli imkoniyatlar haqida gapirmaymiz, biroq shunisi aniqki, miyaning imkoniyatlari tasavvurga ham sig’ishi qiyin. «Hi-News» olimlar tomonidan miyaga qancha ma’lumot sig’ishi mumkinligi borasida olib borilgan tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi. Solka biologik tadqiqotlar instituti olimlarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, inson miyasi hajmi bunga qadar aniqlangan natijalardan 10 barobarga ko‘p ekan. Aniq raqamlarni keltiradigan bo‘lsak, gap bir petabayt (1000 terabayt) haqida ketmoqda. Bir-ikki yil oldin butun internet hajmi shunchaga teng deya baholangandi. Inson miyasi hajmini aniqlash uchun olimlar kalamushning gippokamp to‘qimasini 3D tahlil yordamida o‘rgandi. Jarayonda ma’lum bo‘lishicha, miya sinapslari o‘z o‘lchamini o‘zgartirishi mumkin, bu esa xotira hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari barcha holatlarning 10 foizida sinapslardan nusxa ko‘chirilgan. Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 1. Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing. 2. Matndan ilmiy atamalarni ko‘chirib yozing. 3. Yana qanday qiqiziqarli ma’lumotlarni bilasiz, ta’riflab bering. 5-topshiriq. “T sxema” bo‘yicha ilmiy va publitsistik nutqning xususiyatlarini solishtiring. Publitsistik nutq Ilmiy nutq
Download 309.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling