8-Mavzu: Operatsiyalarni loyihalash. Dastgohlar, moslamalar, kesish va


Download 319.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi319.96 Kb.
#1097472
1   2   3
Ishlov aniqligi ham detal yasashning texnologik jarayoniga ta’sir etadi. Detal 
yuzasining yuqori darajada aniqligi qo’shimcha pardozlash amallari hisobiga 
ta’minlanadi. Bu qo’shimcha amallar texnologik jarayonga asosiy amallar 


bajarilishini o’zgartirmaydigan qilib kiritiladi. Bu, o’z navbatida, yuqori aniqlik 
bilan ishlaydigan stanoklarga zarurat tug’diradi. Natijada mexanik ishlovning 
mehnat sarfi ortib ketadi. 
Tayyorlanadigan detallar miqdori uskunalarni tanlashga va demakki, tex-
nologik jarayonga ta’sir qiladi. Yuqori unumli uskunalar, maxsus avto- 
matlashtirilgan moslamalar va qurilmalar, maxsus kesuv va o’lchov asboblari ko’p 
detal tayyorlash imkonini beradi. 
Zagotovka yasash usuli detalning konstruktiv xususiyatlariga, ishlab chiqarish 
hajmiga bog’liq va kesib ishlash jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko’p 
guruhli (крупносерийные) va yalpi ishlab chiqarishda namunalashtirilgan 
texnologik jarayon tayyorlash uchun qo’pol zagotovka yasash usullarini (erkin 
bolg’alash, qo’l kuchi bilan quyish va sh.k.) qo’llash yaramaydi. Chunki kesib 
ishlashda 2-3 marta ko’p metall qirindiga chiqib ketadi, ishlar qiyinligi va narxi 
oshadi. 
EHM lar yordami bilan katta texnologik masalalarni yechish mumkin. 
Standart detallarni yasashning namunalashtirilgan texnologik jarayonlarini loyi- 
halash, texnologik loyihalash uchun me’yorlarni ishlab chiqish shular jumlasidan. 
EHM yordamida zagotovka yasash usulini tanlash, ishlov qatlami va aniqligini, 
kesish rejimi va vatq me’yorini hisoblash mumkin. Shuning uchun kesib ishlash va 
yig’uvga tegishli texnologik jarayonlarni loyihalash asosiy texnologik 
masalalardan biri hisoblanadi. EHM dan texnologik uskunalar maj- muasini 
avtomat ravishda boshqarish vositasi sifatida foydalanish ham mumkin. 
EHM yordamida texnologik jarayonlarni loyihalash ishidan oldin loyi- 
halanayotgan jarayonning matematik modelini yozib chiqish kerak. Matematik 
model analitik yoki tajribaviy ifodalar, jadvallar ko’rinishiga ega bo’ladi. 
Murakkab hodisalarni aniq matematik formulalar bilan yozib chiqish qiyin, 
shuning uchun ular taxminiy ifodalar bilan aks ettiriladi. 
Texnologik loyihalash algoritmini va unga tegishli EHM dasturini dastlabki 
ko’rinishda ishlab chiqish eng qiyin masala hisoblanadi. Algoritm bu- qo’yilgan 
masalani yechish uchun ma’lum bir tartibda bajariladigan amallar tizimidir. 


Dastur- shu algoritmni biror til bilan ifoda etishdir. Uni EHM boshqaruvchi 
signallarga aylantiradigan buyruqlar majmuasi deb ham tushunish mumkin 
[
Download 319.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling