8-mavzu: O’rta osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari


O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketish oqibatlari


Download 141.5 Kb.
bet16/17
Sana09.02.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1180407
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5224236981487142595

5.O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketish oqibatlari.
XVI-XIX asrlarda Vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy tarqoqlik xo’jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo’lsalarda fan, madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu bilan ular jahon madaniyati va tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo’shdilar. Biroq XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyo va undagi davlatlar jahon tsivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetlashib, rivojlanish jihatidan ilg’or davlatlardan orqada qoldi8.
Ma’lumki, XVII-XIX asrlar jahon tarixiga moddiy va madaniy yuksalish davri bo’lib kirdi. Xususan, G’arbiy Yevropadagi bir qator davlatlarda ishlab chiqarish sezilarli darajada o’sdi, zavod-fabrikalar qurilib, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temir yo’llar qurildi, dengiz yo’llari ochildi, mehnat unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko’tarildi. O’rta Osiyo xonliklari ana Shunday ijobiy jarayonlardan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi.
Bunday ahvol yuz berishiga bir qancha tashqi va ichki omillar sabab bo’ldi:
Obyektiv sabablar:
1.Buyuk geografik kashfiyotlar, dengiz-suv yo’lining ochilishi, Buyuk Ipak yo’lida savdo-sotiqning to’xtashi;
2.Janubiy qo’shni mamlakat Eronda Safaviylar va Xojarlar sulolasi davrida shia mazhabining davlat dini darajasiga aylanashi;
3.Eron Shohi NodirShohning Buxoro va Xivaga istilochilik yurishlari;
4.1747-yilda tashkil topgan Afg’oniston davlati hukmdorlarining Xurosondano’tuvchi tranzit karvon yo’lining erkin harakatiga to’sqinlik qilishlari;
5.Hindiston boburiylarining ota yurti Turkistonni qaytarib olish ilinji;
6.Sharqiy Turkiston masalasi sababli Xitoy bilan savdo-diplomatik aloqalarning yo’lga qo’yilmaganligi;
7.Pyotr I davridan boshlab Rossiya tomonidan doimiy siyosiy harbiy tazyiqning kuchayib borishi.
Subyektiv sabablar:
1.So’nggi uch asr mobaynida shonli o’tmishga ega mamlakatni birlashtirib boshqara oladigan har tomonlama yetuk tarixiy siymo yetishib chiqmadi;
2.Xonlar, amirlar, beklar manmanlik, mahalliychilik illatlariga berilib, mamlakat ahvoliga beparvo bo’ldilar, o’z manfaatlarini yurt va xalq manfaatidan ustun qo’ydilar;
3.Hukmdorlarning atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tiborsizligi, loqaydligi va g’aflat uyqusiga botishi;
4.Ta’lim tizimida dunyoviy fanlarga qaraganda diniy ta’limotning o’rni va salohiyati oshib ketishi;
5.Islomparastlik, xurofotga mukkasidan ketishlikning kuchayishi;
6.Soliq va majburiyat turlarining haddan ziyod ko’payib ketishi.


O’zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik, iqtisodiy va harbiy noChorlik qo’shni mamlakatlarni o’z tasarrufiga kiritib olish siyosatini jadallashtirayotgan Chor Rossiyasiga qo’l keldi. Xonliklardagi parokandalik, o’zaro nizo va urushlar, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylanishiga olib keldi.



Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling