8-Mavzu: Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi


Tayanch bilimlarini faollashtirish


Download 192.35 Kb.
bet2/3
Sana09.10.2023
Hajmi192.35 Kb.
#1695874
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu

Tayanch bilimlarini faollashtirish:
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari
(1-ilova)
1.Osiyoning tabiiy va siyosiy xaritalarini solishtiring. Qaysi davlatlarda tog‘li relyef ustunlik qiladi? Ushbu holat mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Atlasdagi jahon va Osiyoning siyosiy xaritalari hamda darslik ilovasidagi ma’lumotlar asosida quyidagi davlatlarning poytaxtlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri berilganini aniqlab, xatolarni tuzating.
Tailand-Bangkok Gruziya -Boku Yaman — Sana
Yaponiya — Tokio Eron — Islomobod Qirg‘iziston — Bishkek
Turkiya — Bag‘dod Vetnam — Xanoy Qatar — Abu Dabi
Sharqiy Timor — Dili Tojikiston — Dushanbe Shri Lanka — Dakka
Filippin — Male Bahrayn — Manama Indoneziya — Jakarta

(2-ilova)
Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.

Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo‘yiladi

Yangi mavzu nomini doskaga yoziladi

Yangi mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalarini ham doskaga yoziladi


Tayanch so‘z va iboralar:

Yangi mavzuga doir o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo‘yicha tushunchalar berib boriladi


8-Mavzu: Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi
Reja:

  1. Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi

  2. Xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari

  3. Koreya Respublikasi

  4. Yaponiya

1.Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, dunyo iqtisodiyotida tutgan o‘rni, xalqaro ixtisoslashuvi nuqtayi nazaridan ham bir-biridan ancha farq qiladi. Qit’a mamlakatlari iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining ixtisoslashuviga ko‘ra bir nechta guruhlarga bo‘linadi.
1. Yaponiya — “Katta yettilik” guruhiga kiradigan yagona Osiyo davlati. Yaponiya yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha 2020-yil holatiga ko‘ra, jahonning to‘rtinchi davlati hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti innovatsion texnologiyalarga tayanadigan fantalab ishlab chiqarish tarmoqlariga ixtisoslashgan. Aholining turmush darajasi borasida ham Yaponiya dunyoning peshqadam davlatlaridan biri 2. Isroil — “ko‘chirilgan kapitalizm” tipidagi rivojlangan davlat. Aholi jon boshiga YIM hajmi bo‘yicha Osiyodagi peshqadam davlatlardan biri hisoblanadi. Isroil iqtisodiyoti yuqori texnologiyalarga tayanadigan mashinasozlikning turli tarmoqlariga ixtisoslashgan.
3. Xitoy va Hindiston — tabiiy resurslar, aholi soni va YIM hajmi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lib, tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiradi. Ular so‘nggi 20 yilda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlarga aylandi. Hozirgi vaqtda Xitoy YIM hajmiga ko‘ra dunyoda birinchi, Hindiston esa uchinchi o‘rinni egallaydi. Ammo aholi jon boshiga hisoblanadigan iqtisodiy ko‘rsatkichlari ayniqsa Hindistonda hali rivojlangan davlatlar darajasidan ko‘ra birmuncha past qolmoqda. Ikkala davlatga ijtimoiy taraqqiyot borasida ham dolzarb muammolar xos.
4. Osiyoning yangi industrial davlatlari — Koreya Respublikasi, Singapur, Malayziya, Tailand. 1980-yillardan buyon amalga oshirilgan chuqur iqtisodiy islohotlar tufayli bu guruhdagi davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda keskin yuksalishlarga erishdi. Shu tufayli ular G‘arbda “Osiyo yo‘lbarslari” yoki “Osiyo ajdarholari” deb nom oldi. Koreya Respublikasi va Singapur davlatlari rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shildi. Yangi industrial davlatlarning iqtisodiyoti mikroelektronika, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik kabi mashinasozlik tarmoqlariga ixtisoslashgan. Yangi ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va eksport qilishda ham bu guruhdagi davlatlar katta yutuqlarga erishgan.
1-jadval. Osiyodagi yirik industrial-agrar davlatlarning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari (2020-y.)

5. Yirik industrial-agrar davlatlar — Indoneziya, Pokiston, Filippin, Vetnam, Turkiya, Eron. Bu davlatlar hududining maydoni va aholisi soni bo‘yicha yirik hisoblanib, katta tabiiy va mehnat resurslari salohiyatiga ega. Bu davlatlarning iqtisodiyoti yengil, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik hamda ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Ushbu davlatlar YIM hajmi bo‘yicha dunyoning yetakchi 30 ta davlati qatoriga kirsa ham aholi jon boshiga hisoblangan ko‘rsatkichlari birmuncha pastroq (1-jadval).
6. Neft eksport qiluvchi davlatlar — Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari va Bruney. Bu mamlakatlar hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YIM darajasiga ko‘ra nafaqat Osiyo, balki butun jahon miqyosida yetakchi o‘rinlarda turadi. Buning asosiy sababi neftni ko‘plab qazib chiqarish va uni eksport qilish hisobiga tushadigan katta miqdordagi daromad va aholi sonining nisbatan kamligi (Saudiya Arabistonini hisobga olmaganda). So‘nggi vaqtlarda Fors qo‘ltig‘i arab davlatlarida kimyo, metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari, turizm, tranzit savdo, bank-moliya sektori ham yaxshi rivojlanib bormoqda.
7. O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar. Osiyoda joylashgan sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya hamda 1990-yillarning boshida sotsialistik tuzumdan voz kechgan Mongoliya qit’a mamlakatlarining alohida ijtimoiy-iqtisodiy guruhini tashkil etadi. Bu davlatlar iqtisodiyoti asosan xomashyoni yetkazuvchi tarmoqlarga (neft-gaz sanoati, tog‘-kon sanoati, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi) ixtisoslashgan. Bu guruhdagi davlatlar orasida eng yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar Qozog‘istonga, eng past darajadagilari esa Qirg‘iziston va Tojikistonga tegishli (2-jadval).

8. Turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlar — Kipr, Livan, Maldiv Respublikasi. Bu hududiy jihatdan kichik, boy rekreatsion resurslarga ega davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hozirgi sharoitda turizm hamda xizmatlar sohasi ayniqsa bank-moliya sektori bilan bog‘liqdir.
9. Sust rivojlangan agrar-industrial davlatlar. Bu guruhga Kambodja, Bangladesh, Shri Lanka, Iordaniya, Iroq, Suriya, KXDR kabi davlatlar kiradi. Ular asosan qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, yengil yoki oziq-ovqat sanoatlariga ixtisosashgan.
10. Iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlar. Ular Afg‘oniston, Nepal, Yaman, Myanma, Sharqiy Timor, Laos, Butan kabi davlatlardir. Ularda barcha sanoat tarmoqlari juda sust rivojlangan, shuningdek, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi ancha past

Download 192.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling